ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR OBRAZINING TURLI ASARLARDA TALQINI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma, Gulbadan, Andijon shahzodasi, Boburiynoma, obraz, talqin, adabiyotshunoslik.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur siymosining
turli asarlarda talqin etilishi masalasi yoritilgan. Tadqiqot davomida Boburning o‘z
qalamiga mansub “Boburnoma”, shuningdek, Rumer Godenning “Gulbadan”, Frits
Vyurtlening “Andijon shahzodasi” hamda Xayriddin Sultonovning “Boburiynoma”
asarlari tahlil qilindi. “Boburnoma”da Bobur tarixchi, davlat arbobi va shoir sifatida
namoyon bo‘lsa, “Gulbadan” asarida uning oilaviy va insoniy fazilatlari ko‘rsatib
berilgan. “Andijon shahzodasi” Boburni g‘arb kitobxonlari uchun ekzotik va romantik
qahramon sifatida tasvirlasa, “Boburiynoma” asarida uning psixologik dunyosi chuqur
tahlil qilingan. Maqola Bobur obrazining ko‘p qirrali talqinlarini ko‘rsatib, uning
shaxsiyati va ijodini yangi nazariy rakurslarda o‘rganish imkoniyatlarini ochib beradi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Bobur, Z.M. (1989). Boburnoma. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va
san’at nashriyoti.
2. Goden, R. (1980). Gulbadan. London: Macmillan.
3. Würtlen, F. (1975). Der Prinz von Andischan (Andijon shahzodasi). München:
Deutscher Taschenbuch Verlag.
4. Sultonov, X. (2008). Boburiynoma. Toshkent: Sharq nashriyoti.