O‘QITUVCHINING VIRTUАL TEXNOLOGIYАLАR SOHАSIDАGI INFORMАTSION KOMPETENTLILIGI TUSHUNCHАSINING TАVSIFIY АSPEKTLАRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: virtual texnologiyalar, informatsion kompetentlik, raqamli pedagogika, AKT ko‘nikmalari, o‘qituvchi kompetensiyasi, elektron ta’lim, raqamli resurslar, virtual o‘quv muhitlari, interaktiv metodlar, texnik savodxonlik, innovatsion pedagogika, masofaviy ta’lim, professional rivojlanish.Abstract
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘qituvchining virtual texnologiyalar sohasidagi informatsion
kompetentligi tushunchasi mazmunan tahlil qilinib, uning tarkibiy va tavsifiy
aspektlari yoritiladi. Raqamli ta’lim muhiti, onlayn platformalar, masofaviy o‘qitish
tizimlari hamda interaktiv resurslarning keng joriy etilishi sharoitida o‘qituvchining
informatsion kompetentligi nafaqat texnik ko‘nikmalar majmui, balki pedagogik,
kommunikativ va metodik tayyorgarlikni ham qamrab olishi zarurligi asoslanadi.
Tadqiqotda virtual texnologiyalar bilan samarali ishlash kompetentligining asosiy
komponentlari — axborotni izlash, qayta ishlash va uzatish malakalari, raqamli
resurslarni didaktik maqsadlarga moslashtirish, ta’lim jarayonida innovatsion
yondashuvlarni qo‘llash qobiliyati hamda raqamli xavfsizlik madaniyati kabi jihatlar
ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘qituvchining virtual texnologiyalar sohasidagi
kompetentligini baholash mezonlari, uni rivojlantirishning samarali yo‘llari va ta’lim
jarayonidagi amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Natijada informatsion kompetentlikning
zamonaviy ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni, o‘qituvchi faoliyatini optimallashtirishga
qo‘shadigan hissasi hamda raqamli pedagogikaning strategik ahamiyati asoslab
beriladi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Abdinazarova Z.X. Pedagogik texnologiyalarning tinglovchilar aqliy taraqqiyotiga
psixologik ta'siri. Psix.fan.nomz...diss.- T.:, 2012. – 144 b.
2. Abduqodirov A.A. Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti. Monografiya. /
Abduqodirov A.A., Pardaev A.X.,; red. M. Sodiqova. -T.: O‘zbekiston Respublikasi FA “FAN” nashriyoti, 2009. -145 s.
3. Askarov A.D. Xalq ta'limi xodimlari malakasini masofadan oshirish tizimini
takomillashtirish. Avtoref. diss. p.f.f.d. 2017. – 51 s.
4. Baxodirova U.B. Mikrobiologiya fanini o‘qitishda virtual ta'lim texnologiyalaridan
foydalanish metodikasini takomillashtirish. Dissertasiya avtoreferati. –Qarshi. -
2020. –49 b.
5. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta'lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish
va boshqarish nazariyasi va amaliyoti. Dis. ... ped. fan. d-ri.– T.: 2007.
6. Begimqulov U.Sh. va boshqalar. Pedagogik ta'limni axborotlashtirish: nazariya va
amaliyot. Monografiya. – T.:Fan, 2011. 232 b.
7. Berdibayev M.S. Bo‘lajak matematika o‘qituvchilarining kompetentligini
rivojlantirish. Dissertasiya PhD: 13.00.05. –T.: 2019. -125-b.