GAZ BALLONLARI PORTLASHI EKSPERTIZASINING MOHIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: gaz ballonlar, portlash, kimyoviy portlash, fizik portlash, portlovchi modda, chaqnash, yong‘in, ekspertiza.Abstract
Annotatsiya
Mazkur maqola gaz ballonlarining portlashi ekspertizasining mohiyati va uning
xavfsizlikka ta'sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Mazkur mavzuni tadqiq qilish gaz
ballonlaridan foydalanishda xavfsizlik darajasini oshirish, foydalanuvchilarga to‘g‘ri
xizmat ko‘rsatish madaniyatini shakllantirish hamda qonunchilik va texnik
standartlarni takomillashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ekspertiza – bu
voqea yoki hodisaning sabablarini aniqlash, ularning oqibatlarini baholash va ekspert
mutaxassislarining xulosalariga asoslanib huquqiy yoki texnik qarorlar qabul qilish
jarayonidir. Transport vositalaridagi gaz ballonlarining portlashi ekspertizasi ham
aynan shu maqsadda amalga oshiriladi. Ekspertiza orqali portlashning sabablarini
aniqlash, javobgarlikni belgilash va kelajakda bunday hodisalarni oldini olish uchun
tavsiyalar ishlab chiqiladi. Gaz ballonlarining portlashi turli omillar va vaziyatlar
tufayli yuzaga kelishi mumkin.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining transport vositalarida gaz
uskunalarini o‘rnatish va foydalanish bo‘yicha qarorlari.
2. X.X.Ro‘ziyev, A.B.Jo‘rayev- “Avtotransport vositalarida gaz ballonli uskunalar” (
o‘quv qo‘llanma), Toshkent, 2020.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Texnik jixatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonuni.
4. O‘z DSt 3395- Avtomobillarga gaz ballonlarini o‘rnatish va texnik xizmat
ko‘rsatish bo‘yicha davlat standartlari.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobillarni gaz bilan
to‘ldirish kompressor stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish va avtotransport
vositalarini siqilgan tabiiy gazga bosqichli o‘tkazish, hamda ularda gazballon
asbob-uskunalarini xavfsiz ishlatishni ta’minlash qo‘shimcha chora-tadbirlari
to‘g‘risida” 2017 yil 11 oktabrdagi 815-son qarori va “Transport vositalarini
majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017 yil 22 dekabrdagi 1010-son qarori,
6. “Gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalari, shuningdek, tabiiy gazda
ishlaydigan markazlashtirilgan qozonxonalardan bexatar foydalanishga doir
shoshilinch chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 19 sentabrdagi 745-sonli qarori.
7. «Portlash bilan bog‘lik voqea joyini qo‘zdan kechirish va uning o‘ziga xos
xususiyatlari» A.X.Salimov, V.N. Klementev. Metodik qo‘llanma. Toshkent 2007.