HARAKATLI O‘YINLAR TASHKIL ETISH
Abstract
Kirish.
Harakatli o‘yinlar bolalarning harakat faoliyati jismoniy rivojlanishiga, harakat
ko‘nikmalari va jismoniy sifatlarning shakllanishiga, organizmning funksional
faoliyatini oshirgan va emotsional quvnoqlik tuyg‘ularini kuchaytirgan holda
salomatlikni mustahkamlashga ijodiy ta’sir etadi. Bolalarning maqsadga erishishga
nisbatan kuchli ishtiyoqi va zavqli intilishi asosida turli to‘siqlarni yengib o‘tishga
yordam beruvchi irodaning roli oshadi. harakatli o‘yinlar bolalar tomonidan avval
egallangan harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash
metodi bo‘lib xizmat qiladi. O‘yin jarayonida bola o‘z e’tiborini harakatni bajarish
usuliga emas, balki maqsadga erishishga qaratadi. Harakat faoliyati sifatida harakatli
o‘yin muayyan o‘ziga xos xususiyatlarga ega: u boladan signal va o‘yinda to‘satdan
bo‘ladigan o‘zgarishlarga tezda javob berishni talab qiladi. Deyarli har bir harakatli
o‘yinda harakatlar va bolalar harakatiga oid signallar mavjud. Masalan «chumchuqlar
va avtomobil», «samolyotlar». O‘yindagi faol harakat faoliyati bola qo‘zg‘alish va
tormozlanish jarayonlarini takomillashtirgan holda asab tizimini mashq qildiradi,
kuzatuvchanlik, topqirlik, atrof- muxitda mo‘ljal olish qobiliyatini, botirlik, chaqqonlik
tashabbus ko‘rsatish, maqsadga erishishning mustaqil usulini tanlashni tarbiyalaydi.
References
References:
1. О.С.Ушакова, Л.Г.Шадрина, Е.М.Струнина. Развитие речи и творчества
дошкольников. Учебник. М: - 2020 г.
2. D.N.Raxmatova, L.Z.Xolmurodov, L.B.Sobirova. Maktabgacha va boshlang‘ich
ta’limda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. O‘zbek kitob savdo nashriyoti,
2020
3. Bobomurodov A.E. jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati (jismoniy
sifatlarni umumiy tasnifi). “O‘zbek kitob savdo “nashriyoti, 2020
4. T.Usmonxo‘jayev o‘zining «1001 o‘yin»
5. R.S. Salomov. Theory and methodology of physical education. (Volume II) T. 2015
6. R.S Salomov, Y.Y Aripov. Fundamentals of the methodology of physical
education of school-aged children. T. "Molya" 2011.
7. State educational standard and curriculum in the subject of physical education of
general secondary education. (Grades 1-9). Tashkent-2017.
8. Abdullaev A, Sh. Honkeldiev. Theory and methodology of physical education.
Textbook - T.: 2013. 462 p.