DSP (DIGITAL SIGNAL PROCESSING) ALGORITMLARI YORDAMIDA AUDIO VA SENSOR SIGNALLARNI OPTIMALLASHTIRISH VA SHOVQINNI KAMAYTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: DSP, raqamli signal qayta ishlash, audio signallar, sensor signallar, shovqin kamaytirish, FIR filtr, IIR filtr, adaptiv filtr, LMS algoritmi, MATLAB, Python, optimallashtirish, real vaqt ilovalari.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada DSP (Digital Signal Processing) algoritmlari
yordamida audio va sensor signallarni optimallashtirish va shovqini kamaytirish
muammolari tadqiq etiladi. Raqamli signal qayta ishlash texnologiyalari real vaqt
ilovalarda, jumladan audio qurilmalar, IoT sensorlar va tibbiy monitoring tizimlarida
signallar sifatini oshirish uchun keng qo‘llaniladi. Tadqiqot doirasida FIR va IIR
filtrlar, LMS (Least Mean Squares) algoritmi va adaptiv filtrlar yordamida signallarni
shovqindan tozalash va ma’lumotning aniqligini oshirish usullari o‘rganiladi.
MATLAB va Python muhitida simulyatsiyalar yordamida turli filtr va algoritmlarning
samaradorligi solishtiriladi, shovqin kamaytirish darajasi va signal sifati baholanadi.
Maqolada shuningdek, real vaqt sensor ma’lumotlari va audio oqimlarda adaptiv
algoritmlarning ishlash printsiplari, signallarni optimallashtirishda vaqt va chastota
domenida qo‘llaniladigan usullar, hamda optimal parametrlarni tanlash masalalari
tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari DSP algoritmlarining audio va sensor signallar
sifatini yaxshilashda, shovqin va xatoliklarni kamaytirishda samaradorligini ko‘rsatadi
va IoT, tibbiyot, telekommunikatsiya hamda audio texnologiyalarda qo‘llanishi
mumkin bo‘lgan amaliy tavsiyalar beradi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1) Proakis, J. G., & Manolakis, D. G. (2007). Digital Signal Processing: Principles,
Algorithms, and Applications. Pearson Prentice Hall.
2) Oppenheim, A. V., Schafer, R. W., & Buck, J. R. (1999). Discrete-Time Signal
Processing. Prentice Hall.
3) Haykin, S. (2002). Adaptive Filter Theory. Prentice Hall.
4) Mitra, S. K. (2006). Digital Signal Processing: A Computer-Based Approach.
McGraw-Hill.
5) Widrow, B., & Stearns, S. D. (1985). Adaptive Signal Processing. Prentice-Hall.
6) Lyons, R. G. (2010). Understanding Digital Signal Processing. Prentice Hall.