QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK VA UNING SHAKLLANISHI
Keywords:
Kalit so‘zlar: qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, tarixiy metod, qardosh tillar, sanskrit tili, romantizm, Grimm qonuni, til tipologiyasi, agglyutinatsiya, fleksiya, til va tafakkur, Gumboldt nazariyasi.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fanining paydo
bo‘lishi, shakllanish jarayoni va rivojlanish bosqichlari keng qamrovda yoritiladi.
Tillarning tarixiy taraqqiyotini o‘rganishda qiyosiy metodning ahamiyati ochib berilib,
qardosh tillarni o‘zaro solishtirish orqali ibtidoiy til birliklarini qayta tiklash masalalari
tahlil qilinadi. Sanskrit tilining o‘rganilishi, romantizm oqimining ta’siri, tarixiy
yondashuvning vujudga kelishi kabi omillar fanning shakllanishida hal qiluvchi rol
o‘ynagani ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, Frants Bopp, Rasmus Rask,
Yakov Grimm, Aleksandr Vostokov hamda Vilgelm fon Gumboldtning ilmiy faoliyati
va ularning tilshunoslik rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi atroflicha yoritilgan.