XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA XIVA ADABIY MUHITIDA HABIBIYNING O‘RNI VA DEVONI QOʻLYOZMALARI HAQIDA
Keywords:
Tayanch soʻz va iboralar: Xorazm (Xiva atrofidagi madaniy-adabiy muhit) Xiva xonligida adabiy muhit, “Devoni Habib”, devon, Tabibiy, Laffasiy, “Majmuat ush shuaro”, tazkiraAbstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva xonligida
hukm surgan madaniy-adabiy muhit hamda shu davrda yashab ijod qilgan Habibullo
Oxund (taxallusi Habibiy)ning hayoti va ijodi haqida so‘z yuritiladi. Muhammad
Rahimxon II Feruz homiyligida yuzaga kelgan adabiy jarayonlar, xonlik saroyi atrofiga
to‘plangan yuzlab shoir va tarjimonlarning faoliyati, tazkirachilik an’analari hamda
ular orqali shoirlarning adabiy maqomi yoritiladi. Shuningdek, Habibiy shaxsiyati va
ijodi haqida Tabibiy tuzgan “Majmuat ush-shuaro”, Hasanmurod Laffasiy qalamiga
mansub “Tazkirayi shuaro” hamda Bobojon Tarrohning “Xorazm navozandalari”
asarlarida keltirilgan ma’lumotlar qiyosiy tahlil qilinadi.
Maqolada Habibullo Oxundning XIX asrda Xiva xonligidagi faoliyatidagi ijodi
va devoni haqida ma'lumotlar keltirilgan. Manba yangiligi bilan ahamiyatlidir.
Maqolada Habib devonining qoʻlyozmalari haqida ham toʻxtalib oʻtiladi.
References
Adabiyotlar roʻyxati
1. Abdurahmonov A. Oʻzbek mumtoz adabiyotida tazkira an’analari. – Toshkent: Fan,
2007. – 220 b.
2. Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy. – Toshkent: Fan, 1991. – 320 b.
3. Bobojon Tarroh. Xorazm navozandalari. – Toshkent: Fan, 1975. – 210 b.
4. Devoni Habib [Qoʻlyozma]. – Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qoʻlyozmalari
instituti. – Inv. № 946, № 1142, № 7086, № 6677.
5. Qayumov A. Oʻzbek adabiyoti tarixi manbalari. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1982. –
256 b.
6. Rahmonov N. Xiva adabiy muhiti va Feruz davri. – Urganch: Xorazm, 2015. – 175
b.
7. Shoniyozov K. Xiva xonligi tarixi manbalari. – Toshkent: Fan, 1999. – 280 b.
8. Xudoyberdiyev A. Xorazm adabiy muhiti va jadidchilik harakati. – Toshkent:
Ma’naviyat, 2010. – 190 b.