KAR BOLALAR MAKTABIDA DAKTIL NUTQIGA OʻRGATISH ISHI MAZMUNI USLUBLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: kar bolalar, daktil nutq, maxsus pedagogika, barmoqlar alifbosi, vizual-kinestetik muloqot, surdotarbiya, daktil metodlari, multimodal o‘qitish, eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar.Abstract
Kar bolalarni daktil nutqiga o‘rgatish maxsus pedagogika jarayonida muhim
o‘rin tutadi, chunki daktil tizimi eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga lingvistik
ma’lumotni tez va aniq qabul qilish, fikr bildirish hamda muloqot ehtiyojini qondirish
imkonini beradi. Daktilli nutq o‘zida qo‘l barmoqlarining ma’lum shakl va
holatlashtirishiga asoslangan vizual-kinestetik aloqa vositasidir. O‘rgatish
jarayonining mazmuni fonetik-grafik asoslarni shakllantirish, qo‘l konfiguratsiyalarini
farqlash, harflar va so‘zlarni daktil orqali ifodalash, so‘zlashuv va o‘qish jarayonida
daktil yordamidan ongli foydalanishni rivojlantirishdan iborat.
Mazkur jarayon bosqichma-bosqich tashkil qilinadi: avvalo barmoqlarni
rivojlantirishga qaratilgan tayyorlov mashqlari, keyinchalik harf konfiguratsiyalari
bilan tanishtirish, so‘ng so‘z va gaplarni daktil qilish malakasini shakllantirish amalga
oshiriladi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Marschark, M., & Spencer, P. Foundations of Deaf Education: Language, Learning,
and Development. New York: Oxford University Press, 2022.
2. Humphries, T., Kushalnagar, P., Mathur, G. Fingerspelling and Literacy in Deaf
Children. Oxford: Oxford University Press, 2023.
3. Swanwick, R. Deaf Education Beyond the Western World: Context, Challenges,
and Prospects. London: Routledge, 2022.
4. Sirojiddinova, M. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutqni rivojlantirish
metodikasi. Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2022.
5. Rahimova, D. Maxsus ta’limda daktill nutqni shakllantirish texnologiyalari.
Toshkent: “Innovatsiya ziyo”, 2023.
6. Isoqjonova D. M., Safarova A. ESHITISHIDA NUQSONI BO ‘LGAN
BOLALARDA BOG ‘LANGAN NUTQINI RIVOJLANTIRISH //International
Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences. – 2025. – С. 148-
152.
7. Dilfuzakhan I. METHODOLOGIES FOR THE FORMATION OF
COMMUNICATION SKILLS OF STUDENTS WITH HEARING IMPAIRMENT
IN NATIVE LANGUAGE LESSONS //Web of Teachers: Inderscience Research.
– 2025. – Т. 3. – №. 2. – С. 5-8.