ROSTLOVCHI INSHOATLARNING GIDRAVLIK HISOBI
Abstract
Asosiy ishlatilishi bu suv xo‘jaligi tizimlarida suv oqimini boshqarish, tartibga
solish va taqsimlash maqsadida qurilgan inshootlarning (masalan, shlyuzlar, suv
o‘tkazgichlar, to‘g‘onlar, taqsimlovchi quvurlar, sug‘orish tarmoqlari va boshqalar)
gidravlik parametrlarini aniqlash jarayonidir.
Rostlovchi inshootlar Rostlovchi inshootlarning vazifasi suv manbayidan bosh
kanalga suvni olish, kanalga suvni taqsimlash, suv sathini rostlash, kanalni toʻliq yoki
qisman boʻshatish, kanallarda toʻplangan loyqalarni gidravlik usul bilan yuvish,
iste'molchilarga beriladigan suvni oʻlchash hamda avariya holatlarida suvni tashlab
yuborishdan iborat[1.4].
Rostlovchi inshootlar quyidagi belgilar: vazifasi boʻyicha va konstruksiyasiga
koʻra tasniflanadi Vazifasi boʻyicha ùlarni uch guruhga boʻlish mumkin: suv sarfini
rostlovchi (suv oluvchi va suv tashlovchi qurilmalar); suv sathini rostlovchi (dimlash
yoki toʻsuvchi va avtomatik suv tashlagichlar); loyqa yuvuvchi qurilmalar (tezlikni
rostlagichlar). Konstruksiyasiga koʻra ular ochiq, yopiq (quvurli) koʻrinishda
boʻladi[2,3].
References
1. Хасанов А.А., Тўхтамишев Б.Б. “Qurilish konstruksiyalari asoslari”,
Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2018.
2. Абдуллаев Р.М. “Inshootlar va binolarning poydevorlari”, Toshkent: TMI
nashriyoti, 2020.
3. Мирзаев А.Ш., Сидиқов Х.Х. “Qurilish mexanikasi va konstruktiv tizimlar”,
Toshkent: TTYMI, 2017.
4. Норматив hujjatlar: O‘zbekiston Respublikasi Qurilish me’yorlari va qoidalari
(O‘RQMQ) 2.02.01-21 — Binolar va inshootlarning poydevorlari.
5. Халилов Ф.Р. “Inshootlar barqarorligini ta’minlash usullari”, Toshkent: Fan
va texnologiya, 2019.
6. Tokyay, M. “Fundamentals of Building Construction: Materials and
Methods”, John Wiley & Sons, 2020.
7. Das, B.M. “Principles of Foundation Engineering”, Cengage Learning, 2019.
8. Bowles, J.E. “Foundation Analysis and Design”, McGraw-Hill, 2017