ELEKTROMOBILLARNI QUVVATLASHNING SHAHAR ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIGA TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: elektromobil; quvvatlash infratuzilmasi; shahar elektr tarmoqlari; yuklama modellashtirish; PF-60 strategiyasi; PQ-443 qarori; transformator yuklanishi; kuchlanish barqarorligi; aktiv isroflar; tezkor quvvatlash stansiyalari; energiya tizimlari modernizatsiyasi.Abstract
Annotatsiya: Ushbu tadqiqot elektromobillar sonining O‘zbekistonda davlat
darajasida jadal rag‘batlantirilishi sharoitida shahar elektr ta’minoti tizimiga
ko‘rsatuvchi texnik va tizimli ta’sirini baholashga qaratilgan. Tahlilning normativ
asosini PF-60 (2022) bilan tasdiqlangan Taraqqiyot strategiyasi hamda PQ-443 (2022)
qarorida belgilangan elektromobil ishlab chiqarishni kengaytirish siyosati tashkil etdi.
Shahar tipidagi 6–10/0,4 kV taqsimlash tarmoqlari misolida quvvatlash yuklamalari
deterministik va yarim-stoxastik modellar asosida baholandi. 7 kVt o‘zgaruvchan tokli,
22 kVt o‘zgaruvchan tokli va 60-150 kVt o‘zgarmas tokli quvvatlash kategoriyalari
uchun aktiv quvvat yo‘qotishlari, kuchlanish pasayishi va transformatorlarning termik
yuklanish ko‘rsatkichlari hisoblab chiqildi. Natijalar elektromobillar ulushining 20-
40% gacha oshishi sharoitida transformator yuklamasining 22-65% ortishi, kabel
liniyalaridagi aktiv isroflarning 11-28% oshishi va past kuchlanish tarmoqlarida 12-
17% gacha kuchlanish pasayishi mumkinligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga,
elektromobillar yillik iste’molining
1,1 TVt*soat dan oshishi shahar energetik balansiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi
aniqlangan. Tadqiqot PF-60 va PQ-443 bilan bog‘liq elektromobil o‘sishining
tezlashishi mavjud infratuzilmaning modernizatsiya qilinishi zaruriyatini ilmiy
jihatdan asoslaydi hamda shahar elektr tarmoqlarini transformatsiya qilish bo‘yicha
strategik tavsiyalarni taklif etadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.03.2024 yildagi PQ-132-son
“Oʻzbekiston Respublikasida elektromobil va gibrid avtomobillar hamda ularning
butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga
oshirish toʻgʻrisidagi investitsiya shartnomasini tasdiqlash haqida” gi qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.12.2022 yildagi PQ-443-son
“Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-
quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF-60 sonli “2022-
2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi
toʻgʻrisida” gi farmoni
4. Qurbonazarov S.E. – “Исследование проблемы зарядки электромобилей”
“Qishloq xo‘jaligi va transportda innovatsion texnika va texnologiyalar:
muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy
anjumani. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti. 2023/10/5. 22-25 betlar
6. Qurbonazarov Suhrob Erkin o'g'li – “Elektromobillarning afzalliklari va
kamchiliklari” “Transport tizimlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etish
istiqbollari” mavzusidagi respublika miqyosida ilmiy-texnik anjuman. Termiz.
2023. 147-151 betlar.
7. Qurbonazarov Suhrob Erkin o'g'li, To'rayeva Gulyuz Xushboqovna -
Elektromobillar va ularning konstruksiyasi. “Transport tizimlariga innovatsion
texnologiyalarni joriy etish istiqbollari” mavzusidagi respublika miqyosida ilmiy-
texnik anjuman. Termiz. 2023. 142-147 betlar.
8. Qurbonazarov Suhrob Erkin o‘g‘li - Methods of researching the technology of
wireless charging of electric cars in the parking lot. Scientific Impulse. 1(100).
2023/6/1. 931-935 pages.
9. Qurbonazarov Suhrob Erkin o‘g‘li, Abzoirov Elbek Akram o‘g‘li -
Elektromobillarning evolyutsiyasi va hozirgi kundagi foydalanish holati.
“Zamonaviy dunyoda sun’iy idrokning rivojlanishi: yangi davr muammolari va
yangi yechimlar jurnali”. 30-Oktyabr, 2025-yil. 243-250 betlar.
10. Qurbonazarov Sukhrob Erkin ugli “Electric car charging problem” In Volume 7 of
Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and humanities-A
Scientific International Peer Reviewed, Open Access Journal, June. 2022. SJIF
2022: 5.911. ISSN (E): 2720-4030
11. Qurbonazarov S.E., Bozorov.O.U. - Elektromobillarni avtoturargohda simsiz
zaryadlash texnologiyasini tadqiq qilish usullari. “Muhandislik-texnologiya fan
sohalaridagi muammolar: yechim va takliflar” mavzusidagi professor-
o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy izlanishlari natijalariga bag‟ishlangan i-ilmiy-
texnik anjuman. Termiz 2022.