TIBBIY TA’LIMDA BIOLOGIK INNOVATSIYALARNING DOlZARBLIGI
Keywords:
Kalit so’zlar: Innovatsiya, Ko’nikmalar, Klinik fikrlash, Tibbiy ehtiyojlar, Biotexnologiya, Sun’iy intellekt, Kengaytirilgan reallik, Virtual reallik, Raqamli texnologiyalar.Abstract
Ushbu maqolada tibbiy ta’lim jarayonlarida biologik innovatsiyalarning
ahamiyati, xususan genomika, biotexnologiya, simulyatsion texnologiyalar va sun’iy
intellekt kabi zamonaviy yondashuvlarning talabalarning bilim va ko’nikmalarini
oshirishdagi roli haqida so’z yuritadi. Shuningdek tibbiyotda texnologik inqilobni va
innovatsiyalarni yoritadi. Bugungi kunda sun'iy intellekt, robototexnika, 3D bosib
chiqarish va boshqa zamonaviy texnologiyalar tibbiyotda keng qo‘llanilmoqda. Ushbu
maqolada, tibbiyot texnologiyalarining diagnostika va davolash sohasiga ta’siri,
ularning afzalliklari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.Va shuni
ham ta’kidlab o’tish lozimki Tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar va texnologik
innovatsiyalar inson salomatligini yaxshilash va kasalliklarni davolash usullarini
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ilmiy tadqiqotlar orqali tibbiyot olimlari va
mutaxassislari inson organizmining murakkab jarayonlarini chuqur o‘rganadi,
kasalliklarning sabablari, diagnostika metodlari va davolash usullarini aniqlashga
qaratilgan yangi bilimlarni hosil qiladi. Ushbu jarayon sog‘liqni saqlash tizimining
samaradorligini oshirish, yangi doridarmonlar yaratish va mavjud terapiyalarni
takomillashtirishga zamin yaratadi.Shuningdek Mazkur maqolada virtual reallik (VR)
va kengaytirilgan reallik (AR) texnologiyalarining tibbiyot sohasidagi qo‘llanilishi,
afzalliklari hamda mavjud muammolari yoritilgan. Virtual simulyatsiyalar orqali
tibbiy ta’limni yanada interaktiv va samarali qilish, psixologik terapiya va
reabilitatsiya jarayonlarini individuallashtirish imkoniyatlari tahlil etilgan.
Shuningdek, diagnostika va telemeditsina yo‘nalishlarida bu texnologiyalar qanday
natijalar berayotgani ko‘rib chiqilgan. Maqolada VR/AR texnologiyalarining texnik
asoslari, cheklovlari, ularga yechimlar va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ham
o‘rganilgan. Virtual texnologiyalarning tibbiyotga integratsiyasi sog‘liqni saqlash
sifatini oshirishda muhim rol o‘ynashi, ammo bu jarayon ehtiyotkorlik bilan va ilmiy
asosda olib borilishi lozimligi ta’kidlanadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. World Health Organization (WHO). (2023). Innovation in Medical Education:
Modern Approaches for Health Workforce Development. Geneva: WHO Press.
2. Safarov R.A., Xasanov A.A. "Tibbiy ta’limda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish" // O‘zbekiston tibbiyot jurnali. -2018. -No 1. -B.
123-127.2. Ishanxodjayev N.N., Nizomov N.N. "Robotexnika va tibbiyot:
integratsiyalashgan yondashuv" // Jarrohlik amaliyotlari. -2020. -No
3. Jumaniyozova T. A., Baxtiyarova A. M.; Oliy tа’limdа pedаgog kаdrlаrining
kаsbiy mаhorаtini tаkomillаshtirish,"XXI asrda innovatsion texnologiyalar, fan va
taʼlim taraqqiyotidagi dolzarb muammolar.",1,5,С. 86-87.,2023.
4. Jumaniyozova T. A., Baxtiyarova A. M.; Oliy tа’limdа pedаgog kаdrlаrining
shаxsiy mаhorаtini rivojlаntirish,Past and Future of Medicine: International
Scientific and Practical Conference.,,,8-9.,2023.
5. Jumanyozova T. A., Bakhtiyarova A. M.; Teaching personnel in higher education
personal characteristics,International Bulletin of Medical Sciences and Clinical
Research,3,No. 5,273-278,2023,
6. Бекмиров, Т. Р. (2021). НЕВРОЗ-ЗАБОЛЕВАНИЕ? ЧТО НАМ НУЖНО
ЗНАТЬ О НЕМ. Интернаука, 41(217), 77-78.
7. Нурматов, А., & Бекмиров, Т. (2021). Развитие креативности будущего учител
в процессе (Doctoral dissertation, Тошкент).