DAVLAT BOSHQARUVIDA SAMARADORLIKNI BAHOLASH INDIKATORLARI

Authors

  • Muslimbek ALIJONOV Author
  • Tillavoldiyev Behzod Qahramon o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: davlat boshqaruvi, samaradorlik, indikator, davlat xizmatchisi, xalqaro indeks, baholash mezonlari

Abstract

  Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat boshqaruvida samaradorlikni baholash 
indikatorlari, ularning nazariy asoslari hamda amaliyotda qo‘llanish mexanizmlari 
chuqur  tahlil  qilingan.  Mualliflar  davlat  boshqaruvining  zamonaviy  tamoyillari 
doirasida  asosiy  samaradorlik  ko‘rsatkichlari  (KPI)  tizimining  ahamiyatini  ochib 
berar ekanlar, ushbu yondashuvning tarixiy ildizlari sifatida F. U. Teylorning ilmiy 
boshqaruv tamoyillariga alohida e’tibor qaratadilar. Maqolada KPI indikatorlarini 
to‘g‘ri  tanlash  boshqaruv  jarayonidagi  real  natijani  aniq  o‘lchash,  xatoliklarni 
aniqlash va samarali qarorlar qabul qilishdagi ustuvor omil ekanligi asoslab beriladi. 
Tadqiqot  doirasida  Jahon  bankining  Worldwide  Governance  Indicators  (WGI) 
indeksidagi boshqaruv sifatining olti yo‘nalishi ham tahlil etilgan bo‘lib, ular milliy 
baholash  tizimi  uchun  muhim  metodologik  asos  sifatida  qaraladi.  O‘zbekistonda 
davlat xizmati samaradorligini oshirishga qaratilgan “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi 
Qonun,  Taraqqiyot  strategiyasi  hamda  davlat  organlari  ochiqlik  indeksiga  doir 
normativ-huquqiy  hujjatlar  mazmuni  tadqiq  etilib,  ularning  KPI  tizimini  joriy 
etishdagi  o‘rni  yoritilgan.  Mualliflar  samaradorlikni  baholashning  to‘g‘ri  yo‘lga 
qo‘yilishi  davlat  xizmatchilarining  mas’uliyati,  rag‘batlantirish  mexanizmlarining 
shaffofligi,  aholi  ishonchining  ortishi  hamda  vazirlik  va  idoralar  faoliyatidagi 
integratsiyalashuvni kuchaytirishini ta’kidlaydilar. Xulosa qismida xalqaro tajribaga 
tayangan holda milliy baholash tizimini takomillashtirish, malakali kadrlar bazasini 
rivojlantirish va samaradorlik natijalarini jamoatchilikka muntazam yetkazib borish 
bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.  

References

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” gi O‘RQ-

788-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hujjatlari milliy bazasi

rasmiy veb-sayti –www.lex.uz

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi

PF–60-son Farmoni

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi “Davlat

organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash

tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-154-sonli farmoni,

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hujjatlari milliy bazasi rasmiy veb-sayti –

www.lex.uz

4. INDICATORS FOR EVALUATION OF PUBLIC MANAGEMENT, Maury

Cruz, Luis Alberto and Cruz-Juárez, Alberto and Medel-Ramírez, Carlos (2021),

Universidad Veracruzana, Mexico

5. ROLE AND IMPORTANCE OF KEY PERFORMANCE INDICATORS

MEASUREMENT, Dragana Velimirovića, Milan Velimirović, Rade Stanković,

Serbian Journal of Management 6 (1) (2011) 63 – 72

Published

2025-12-13

How to Cite

Muslimbek ALIJONOV, & Tillavoldiyev Behzod Qahramon o‘g‘li. (2025). DAVLAT BOSHQARUVIDA SAMARADORLIKNI BAHOLASH INDIKATORLARI . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 59(2), 54-58. https://journalss.org/index.php/tal/article/view/10029