KORPARATIV BOSHQARUVNING RIVOJLANISHI

Authors

  • Sapoyev Bexruzbek Author
  • Allashkurov Dilshodbek Author

Keywords:

Tayanch so‘zlar: Korporativ boshqaruv, tamoyillar, korporativ boshqaruv kodeksi, korporativ etika, aksiyadorlik jamiyatlari, mulkchilik, xususiylashtirish,boshqaruv organi.

Abstract

ANNOTATSIYA 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlardan ko‘zlanayotgan 
asosiy maqsad mulkiy xilma-xillik asosida iqtisodiy faoliyatni yanada jadallashtirish, 
mulklarni davlat tasarrufidan chiqarib, nodavlat sektorga o‘tkazish va shu orqali turli 
o‘z-o‘zini  boshqaruvchi  xususiy  iqtisodiy  xo‘jalik  birliklarini  vujudga  keltirish 
ekanligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
bunday  iqtisodiy  islohotlarning  muvaffaqiyati  ko‘p  jihatdan  davlat  tasarrufidan 
chiqarilgan mulklarni samarali tarzda qayta harakatga keltirish, qo‘shma korxonalar 
tuzish,  korxonalarni  ochiq  turdagi  aksiyadorlik  jamiyatlariga  aylantirish,  ayniqsa, 
kichik  hamda  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirishga  bog‘liqdir.  Ta’kidlash  joizki, 
korporativ  boshqaruv  tuzilmalarining  samarali  faoliyat  yuritishi,  ular 
aksiyadorlarining manfaatlari to‘laqonli bo‘lishi, investitsion jozibadorligi, moliyaviy 
inqirozga  uchramasligi  ko‘p  jihatdan  korxonada  amal  qilayotgan  korporativ 
boshqaruv  tizimiga  bog‘liq.  Shunday  ekan,  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash 
sharoitida  korxonalarda  korporativ  boshqaruv  tizimini  tashkil  etish  hamda  ushbu 
tizimni  takomillashtirish  yo‘llarini  o‘rganish  muhim  vazifalardan  biri  sanaladi. 
Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, “Bu yil yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanish, 
barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini 
izchil davom ettirish yili bo‘ladi” 5  . Shunday ekan, Korporativ boshqaruv tizimini 
tegishli tartibda o‘rganish bugungi kunning muhim strategik yo‘nalishlaridan biridir. 
Tezisda  korporativ  boshqaruvning  yurtimizda  shakillanish  bosqichlari,bugungi 
kundagi holati va muammolar, ularni yechishga bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqamiz. 

References

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Sh. Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va

olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T. «O‘zbekiston» NMIU. 2019 y., 20 b.

2. http://www.stat.uz – Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi stаtistikа Qoʻmitаsi vеb sаhifаsi.

Published

2025-12-20

How to Cite

Sapoyev Bexruzbek, & Allashkurov Dilshodbek. (2025). KORPARATIV BOSHQARUVNING RIVOJLANISHI . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 59(3), 336-342. https://journalss.org/index.php/tal/article/view/11762