“XITOY-POKISTON IQTISODIY KORIDORI (CPEC) NING BALUJISTON MINTAQASIGA TA’SIRI”
Keywords:
Kalit so‘zlar: CPEC, Balujiston, resurslar taqsimoti, Gvadar, Baluj milliy noroziligi, iqtisodiy tengsizlik, xavfsizlik siyosati.Abstract
Anatatsiya. Ushbu maqola Xitoy Pokiston Iqtisodiy Yo‘lagi (CPEC) doirasida
Balujiston mintaqasida amalga oshirilayotgan infratuzilma va energetika
loyihalarining mahalliy resurslar taqsimoti, iqtisodiy manfaatlar balansi hamda
hududiy ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ko‘rsatgan ta’sirini tahlil qiladi. Tadqiqot
CPECning rasmiy ravishda “rivojlanish va integratsiya loyihasi” sifatida taqdim
etilishi bilan amalda Balujistonda yuzaga kelayotgan iqtisodiy nomutanosiblik,
resurslar ustidan markaziy hukumat nazoratining kuchayishi va mahalliy aholining
loyihalardan chetda qolishi o‘rtasidagi ziddiyatni o‘rganadi. Shuningdek, tadqiqot
CPEC fonida vujudga kelgan norozilik harakatlari, Baluj milliy identifikatsiyasining
faollashuvi va xavfsizlik muhitining keskinlashuvini tahliliy va qiyosiy yondashuv
asosida yoritadi. Maqolada Gvadar porti, transport yo‘laklari, iqtisodiy zonalar hamda
tabiiy boyliklar (gaz, mis, oltin, neft) ustidan nazoratning markazlashuvi
Balujistonning iqtisodiy ulushiga qanday ta’sir qilayotgani xalqaro va mahalliy
manbalar asosida tahlil qilinadi. Xususan, daromadlarning markazga yo‘naltirilishi,
mahalliy aholi uchun ish o‘rinlarining cheklanganligi, suv va yer resurslarining
tanqischiligi, majburiy ko‘chirishlar va xavfsizlik siyosatining kuchayishi Baluj
noroziligini kuchaytiruvchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot
dolzarbligi shundaki, CPEC – mintaqaviy geopolitika, iqtisodiy integratsiya va
xavfsizlik tizimining asosiy o‘qi sifatida talqin qilinar ekan, Balujiston misolida uning
mahalliy darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‘p yillik etnik-siyosiy ziddiyatlarni
yanada chuqurlashtirayotganini ilmiy asosda ko‘rsatib beradi. Ushbu maqola
CPECning makrogeoiqtisodiy maqsadlari bilan mikroregional ehtiyojlar o‘rtasida
mavjud tafovutni ochib berishi, resurslar adolatli taqsimoti va barqarorlikka erishish
uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishi bilan ahamiyatlidir.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Zayb, M. S. (2023). CPEC: A great leap forward in Pakistan and China relations.
Journal of Higher Education and Development Studies, 3(1), 39–62.
2. Ahmadzai, P. M. (2025, April 6). Balochistan’s paradox: Rich in resources, poor in
development. South Asia.
3. Zafar, A. (2025). The strategic importance of Gwadar Port in regional connectivity
and rivalries. Advance Social Science Archive Journal, 3(2).
4. Ali, A. (2024). CPEC as a game changer for Pakistan: A critical analysis. Research
Journal for Societal Issues, 6(2), 460–468.
5. Barrech, D. M. (2023, September). Balochistan's potential under CPEC:
Opportunities and challenges. Qualitative Research, 23(2), 235–257.
6. Rashid, A. (2025, January). A geo-political and geo-economic assessment of
Gwadar Port in the context of the China-Pakistan Economic Corridor (CPEC).
Journal of Positive School Psychology, 7(2), 94–105.
7. Riaz, F. (2022, April). China Pakistan Economic Corridor (CPEC), its role in
Pakistan economy and its social and environmental status. Journal of Applied
Research and Multidisciplinary Studies, 2(2), 1–15.
8. Awan, Z. A. (2025, April 19). Pakistan’s mineral economy: Unlocking potential,
building peace and prosperity.
9. Ahmadzai, M. (2025, April 6). Balochistan’s paradox: Rich in resources, poor in
development. Modern Diplomacy.
10. Li, Q., & Liu, Y. (2020). The China–Pakistan Economic Corridor: The Pakistani
media attitudes perspective. Technology in Society, 62.
11. Chole, A., Dhadse, S., & Sakhare, P. (2025). Biodiversity loss due to road widening
and a new highway. Sustainability and Biodiversity Conservation, 4(2), 38–52.
12. Barrech, D. M. (2023, September). Balochistan’s potential under CPEC:
Opportunities and challenges. Qualitative Research, 23(2), 235–257.