RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA MOLIYAVIY HISOBOTNI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, xalqaro standartlar, IFRS, raqamli texnologiyalar, hisobot tizimi, audit, maʼlumotlarning shaffofligi, avtomatlashtirilgan tizimlar.Abstract
Annotatsiya: So‘nggi yillarda iqtisodiyotda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar,
texnologik taraqqiyot va raqamlashtirish jarayonlari buxgalteriya hisobi va moliyaviy
hisobot tizimiga ham o‘z ta’sirini kuchli tarzda ko‘rsatmoqda. Zamonaviy raqamli
iqtisodiyotda axborot oqimi yuqori tezlikda va doimiy yangilanib borayotgan
sharoitda, davlat va xususiy sektor tashkilotlari moliyaviy hisob va hisobotning
shaffofligi, haqqoniyligi va xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash borasida yangi
yondashuvlarni izlashga majbur bo‘lmoqda. Bunday sharoitda xalqaro buxgalteriya
hisobi va hisobot standartlari (XBHXS) global iqtisodiy muhitda muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Raqamli iqtisodiyotning taraqqiyoti sabab, kompaniyalar axborotlarni tez va
aniq tarzda qayta ishlashi, moliyaviy hisobotlarni zamonaviy va ishonchli formatda
tayyorlashi, undan manfaatdor tomonlar uchun uzluksiz va sifatli ma’lumot manbaini
taqdim etishi zaruriyatga aylanmoqda.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Abdullayeva, M.R. (2019). “Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari: nazariy asoslari va
amaliy qo‘llanilishi.” Toshkent: Iqtisod-Moliya nashriyoti.
2. Azizov, D.O. (2021). “Raqamli iqtisodiyotda buxgalteriya hisobining zamonaviy
yo‘nalishlari.” Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 2(34), 102-108.
3. Fayziyev, X.A., & Madumarov, Z.N. (2022). “Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya
hisobining rivojlanish tendensiyalari.” Moliyaviy hisobot va audit, 3(6), 59-66.
4. Tadjibayeva, S.A. (2020). “Hisob va moliyaviy hisobot tizimini xalqaro standartlarga
moslashtirishning dolzarb masalalari.” Buxgalteriya hisobi va audit, 1(79), 44-50.