O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR ORASIDA STOMATOLOGIK MUAMMOLARNING EPIDEMIOLOGIYASI (KARIES VA PARADONT KASALIKLARI MISOLIDA)

Authors

  • Qodirova.G.H Author
  • Mansurov M.M Author

Abstract

 
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda butun dunyoda, jumladan O‘zbekiston 
Respublikasida ham yoshlar orasida stomatologik muammolar, ayniqsa tish kariesi va 
parodont  kasalliklari  keng  tarqalgan.  Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  (JSST) 
ma’lumotlariga ko‘ra, maktab yoshidagi bolalarning 60–90 % ida kamida bitta karies 
o‘chog‘i aniqlanadi. O‘zbekiston bo‘yicha o‘tkazilgan epidemiologik tadqiqotlarda esa 
12 yoshli bolalarda karies tarqalishi 65–70 % ni tashkil etishi, ayrim viloyatlarda esa 
bu ko‘rsatkich 80–90 % gacha yetishi aniqlangan. Erta yoshdagi bolalarda (3–6 yosh) 
esa  karies  90  %  dan  ortiq  hollarda  uchraydi.Parodontal  kasalliklar  yuvinil  davrida 
sog‘liq uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Bu kasalliklarning dastlabki belgilari  — 
milkning yallig‘lanishi, shishishi, qonashga moyilligi hamda patalogik cho‘ntaklarning 
paydo  bo‘lishidir.  Ushbu  o‘zgarishlar  vaqtida  aniqlanib,  davolanmasa,  asta-sekin 
to‘qimalarning chuqur zararlanishiga, alveolyar suyakka zarar yetishiga va oxir-oqibat 
tishlarning  muddatidan  oldin  yo‘qotilishiga  olib  keladi.Og'iz  bo'shlig'i  muammolar 
nafaqat sog'liq, balki ijtimoiy iqtisdiy sohalarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ular bolalarning 
o'qishdagi  faoliyatini  pasaytradi,  og'riq  va  noqulaylik  tufayli  hayot  sifatini 
yomonlashtradi.Shu  sababli  yoshlar  orasida  og'iz  bo'shlg'i  kasalliklarning 
epidemiologiyasini chuqur o'rganish,  ularning xavf omillarini va oqibatlarini tahlil 
qilish  hamda  samarali  profilaktika  choralarini  ishlab  chiqish  bugungi  kunda  og'iz 
bo'shlig'ining eng dolzarb masalalaridam biri hisoblanadi.  

References

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Petersen & Baez, WHO 2013 – bu kitobda og‘iz sog‘lig‘ini o‘rganish metodlari (DMFT,

CPI, PMA va boshqalar) aniq tushuntirilgan.

2. Kassebaum et al., JDR 2015 – dunyo bo‘yicha kariesning tarqalishi haqida global statistik

tahlillar bor.

3. Marcenes et al., JDR 2013 – 1990–2010 yillar oralig‘ida og‘iz kasalliklarining global

yuklamasi haqida.

4. Qin et al., Heliyon 2022 – 1990–2019 yillarda davolanmagan karies bo‘yicha global

epidemiologik o‘zgarishlar.

5. BMC Oral Health 2025 maqolasi – 1990–2021 yillardagi karies epidemiologiyasi haqida

yangilangan natijalar.

Published

2025-12-23

How to Cite

Qodirova.G.H, & Mansurov M.M. (2025). O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR ORASIDA STOMATOLOGIK MUAMMOLARNING EPIDEMIOLOGIYASI (KARIES VA PARADONT KASALIKLARI MISOLIDA) . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 59(5), 84-86. https://journalss.org/index.php/tal/article/view/12536