XALQARO MEHNAT TASHKILOTINING MONITORING MEXANIZMLARI VA O‘ZBEKISTONDAGI AMALIY NATIJALARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Xalqaro Mehnat Tashkiloti, monitoring mexanizmlari, bolalar mehnatini tugatish, majburiy mehnatga barham berish, paxta sektori, O‘zbekiston.Abstract
Annotatsiya: O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro Mehnat Tashkiloti
monitoring mexanizmlari asosida olib borilgan izchil islohotlar natijasida 2013–2015-
yillar davomida paxta sektorida bolalar mehnati to‘liq bartaraf etildi. 2017–2021-yillar
oralig‘ida majburiy mehnatga qarshi kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, davlat
buyurtmasiga asoslangan paxta yetishtirish tizimi bekor qilindi, majburiy mehnat
uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi hamda mehnat inspeksiyasi vakolatlari sezilarli
darajada kengaytirildi. Xalqaro Mehnat Tashkilotining 2021-yilgi monitoring
natijalariga ko‘ra, paxta terimida ishtirok etgan 11 mingdan ortiq respondentning 99
foizi mehnatga ixtiyoriy ravishda jalb etilganini bildirgan, majburiy mehnat holatlari
tizimli xarakterga ega emasligi tasdiqlangan. 2022-yilda mazkur natijalar xalqaro
darajada e’tirof etilib, O‘zbekiston paxtasiga nisbatan 2011-yildan buyon amal qilib
kelgan global boykot bekor qilindi. Ushbu raqamlar va faktlar Xalqaro Mehnat
Tashkiloti monitoring mexanizmlarining O‘zbekistonda mehnat huquqlarini
ta’minlashda real va barqaror natija berganini ko‘rsatadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mirziyoyev Sh. M. Yangi O‘zbekiston – taraqqiyot strategiyasi. — Toshkent:
O‘zbekiston, 2022 – 416-bet.
2. Mirziyoyev Sh. M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. —
Toshkent:O‘zbekiston, 2020. – 408-bet.
3. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz. — Toshkent: O‘zbekiston, 2017. — 32-bet.
4. Karimov I. A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. — Toshkent: O‘zbekiston, 2003. — 304-bet.
5. Saidov A. X. Inson huquqlari va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. —
Toshkent: Adolat, 2019. — 320-bet.
6. Ismoilov B. I. Mehnat huquqi: darslik. — Toshkent: Yuridik adabiyotlar, 2021. —
356-bet.
7. Xudoyberganov A. A. O‘zbekistonda mehnat munosabatlarining huquqiy asoslari.
— Toshkent: Fan va texnologiya, 2018. — 240 bet.
8. Abdullayev R. A. Bolalar huquqlari va ularni himoya qilishning xalqaro
mexanizmlari. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2020. — 280-bet.