MAHMUD QOSHG‘ARIY VA UNING TURKIY TILSHUNOSLIKDAGI O‘RNI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Mahmud Qoshg‘ariy, “Devonu lug‘otit-turk”, turkiy tilshunoslik, til tarixi, leksik boylik.Abstract
Annotatsiya: Mazkur tezisda buyuk olim Mahmud Qoshg‘ariyning turkiy
tilshunoslik tarixidagi beqiyos o‘rni va uning ilmiy merosi tahlil qilingan. Xususan, XI
asrda yaratilgan “Devonu lug‘otit-turk” asari turkiy xalqlar til boyligi, adabiy merosi
va madaniy qadriyatlarini o‘rganishda muhim manba sifatida ko‘rib chiqiladi. Asarda
keltirilgan leksik boylik, maqol va matallar, she’riy parchalar turkiy tillarning qadimiy
qatlami haqida qimmatli ma’lumot beradi. Tezisda Mahmud Qoshg‘ariyning ilmiy
yondashuvi, turkiy tillarni tizimli tasnif qilishi, ularning fonetik, morfologik va
semantik xususiyatlarini yoritib berishi alohida ta’kidlanadi. Shu jihatdan olimning
merosi nafaqat tilshunoslik, balki etnografiya, adabiyotshunoslik va tarix fanlari uchun
ham bebaho manba hisoblanadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mahmud Qoshg‘ariy. “Devonu lug‘otit-turk”. – Toshkent: Fan, 1960.
2. Qosimov B. “O‘zbek adabiyoti tarixi”. – Toshkent: O‘zbekiston, 2010.
3. Mamatqulov H. “Mahmud Qoshg‘ariy merosi va uning ilmiy ahamiyati”. –
Toshkent: Universitet, 2005.
4. Do‘stqorayev O. “Turkiy tillar tarixi”. – Toshkent: Noshir, 2014.
5. Bartold V.V. “Turkiy xalqlar tarixi bo‘yicha tadqiqotlar”. – Moskva: Nauka, 1968.
6. Karimov N. “O‘zbek tilshunosligi tarixi”. – Toshkent: O‘qituvchi, 1999.
7. Rahmonov N. Mahmud Qoshg‘ariy va “Devonu lug‘otit-turk”ning
tilshunoslikdagi o‘rni. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.
8. Zohidov H. Til va madaniyat uyg‘unligi . – Toshkent: Fan, 2012.
9. Alimov R. “Qadimiy turkiy yozma yodgorliklar”. – Toshkent: Akademnashr,
2017.
Internet manbalari:
1. [https://ziyouz.uz](https://ziyouz.uz)