ZAMONAVIY O’RTA OSIYO DAVLATLARI TARIXSHUNOSLIGI MAKTABI TADQIQOTLARIDA CHIG’ATOY ULUSI MUSTAQILLIK DAVRINING O’RGANILISHI

Authors

  • Shahlo Maxamova Author

Keywords:

Kalit so’zlar: Chig‘atoy ulusi, zamonaviy tarixshunoslik, O‘rta Osiyo, suverenitet, Kebekxon islohotlari, milliy maktablar, davlatchilik evolyutsiyasi.

Abstract

ANNOTATSIYA.  Maqolada  Chig‘atoy  ulusi  tarixining  1306–1346-yillardagi 
mustaqillik  davri  zamonaviy  O‘rta  Osiyo  davlatlari  (O‘zbekiston,  Qozog‘iston, 
Tojikiston  va  Qirg‘iziston)  tarixshunoslik  maktablari  tadqiqotlari  misolida  qiyosiy 
tahlil qilingan. Tadqiqotda  mustaqillik yillarida ushbu davlatlar olimlari tomonidan 
Chig‘atoy ulusi suverenitetining shakllanishi, Kebekxon islohotlari va urbanizatsiya 
jarayonlariga  berilgan  yangicha  ilmiy  baholar  yoritilgan.  Muallif  milliy 
tarixshunosliklardagi kontseptual o‘zgarishlarni o‘rganib, Chig‘atoy davrini mintaqa 
davlatchiligi  tarixidagi  uzviy  va  fundamental  bosqich  sifatida  baholashdagi  yangi 
tendensiyalarni  asoslab  beradi.  Maqolada  zamonaviy  tarixshunoslikning  Chig‘atoy 
ulusi  mustaqilligini  mintaqaviy  o‘zlik  va  davlatchilik  evolyutsiyasi  kontekstida 
o‘rganishdagi ahamiyati isbotlangan. 

Published

2026-01-20

How to Cite

Shahlo Maxamova. (2026). ZAMONAVIY O’RTA OSIYO DAVLATLARI TARIXSHUNOSLIGI MAKTABI TADQIQOTLARIDA CHIG’ATOY ULUSI MUSTAQILLIK DAVRINING O’RGANILISHI . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 61(3), 51-55. https://journalss.org/index.php/tal/article/view/15791