INKLYUZIV TA’LIMDA DIFFERENSIAL YONDASHUVNING NAZARIY ASOSLARI VA UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar:inklyuziv ta’lim, differensial yondashuv, individual rivojlanish, maxsus ehtiyoj, pedagogik moslashtirish, ta’lim jarayoni, didaktik tamoyillar, moslashtirilgan baholash, o‘quv materiallari, psixologik-pedagogik qo‘llab- quvvatlash, diversifikatsiya, integratsiya, ta’lim samaradorligi.Abstract
Annotatsiya: inklyuziv ta’lim jarayonida differensial yondashuvning mazmuni,
ahamiyati va uni samarali qo‘llash mexanizmlari yoritilgan. Inklyuziv ta’limning
asosiy maqsadi — turli imkoniyatga ega bolalarning yagona ta’lim muhitida teng
sharoitlarda ta’lim olishini ta’minlash bo‘lib, bunda o‘quvchilarning individual
ehtiyojlari, rivojlanish sur’atlari va qobiliyatlaridan kelib chiqib ta’lim jarayonini
moslashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda differensial yondashuvning
didaktik tamoyillari, pedagogik usullari va amaliy qo‘llanish yo‘llari tahlil
qilingan.Shuningdek, inklyuziv sinflarda o‘qituvchilar tomonidan o‘quv materiallarini
soddalashtirish, vizual va multimodal metodlardan foydalanish, yakka tartibda va
kichik guruhlarda ishlash kabi metodlar o‘quvchilarning faolligini oshirishdagi roli
ochib berilgan. Mazkur ishda maxsus ehtiyojga ega o‘quvchilar uchun pedagogik
moslashtirishlar, baholashning differensial shakllari hamda ta’lim jarayoniga
psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimi haqida ham ma’lumot berilgan.
Tadqiqot natijalari differensial yondashuv inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishda
asosiy vositalardan biri ekanini ko‘rsatadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Azizxo‘jayeva N. Pedagogik texnologiyalar.
2. Xolmuminov M. Inklyuziv ta’lim metodikasi.
3. UNESCO. Inclusive Education Guidelines.
4. Ainscow M. Developing Inclusive Education Systems.
5. Booth T., Ainscow M. Index for Inclusion.