TA’LIM JARAYONIDA GEYMIFIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Abstract
KIRISH
Ta’lim jarayonida geymifikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bugungi
kunda pedagogik innovatsiya sifatida keng tarqalmoqda. Bu texnologiyalar
o‘quvchilarni passiv qabul qiluvchidan faol ishtirokchiga aylantiradi. Masalan, o‘yin
elementlari: ballar, reytinglar, medallar, vazifalarni bosqichma-bosqich bajarish tizimi
o‘quv jarayonini qiziqarli qiladi va talabalarni o‘zini rivojlantirishga undaydi.
Geymifikatsiya orqali talabalar muammoli vaziyatlarni yechish, tanqidiy
fikrlash va jamoaviy ish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniga ega bo‘ladi. Shu bilan
birga, ta’lim jarayoni shaffof va aniq baholash mexanizmlariga asoslangan bo‘ladi. Bu
pedagoglar uchun o‘quv jarayonining samaradorligini kuzatish va takomillashtirish
imkonini yaratadi.
Amaliyotda, masalan, matematik fan bo‘yicha o‘quvchilarga beriladigan
masalalar va viktorinalar o‘yin shaklida tuzilsa, talabalar ularni qiziqish bilan bajarar,
natijada bilimlarni tezroq va chuqurroq egallaydi. Shu bilan birga, onlayn
platformalarda geymifikatsiya texnologiyalari yordamida talabalar individual
rivojlanish darajasiga mos vazifalarni bajaradi, bu esa ta’lim jarayonini
personalizatsiyalashga imkon beradi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 23.09.2020.
O‘RQ-637-son. Toshkent. Lex.uz manbasi
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019 PF-5847 farmoni – “Oliy
ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”. Toshkent. Lex.uz
manbasi
3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti:
Asosiy qoidalar”. Buyruq №3076-2, 19.10.2021, Toshkent. Lex.uz manbasi
4. Nematova, Mavsuma Ulug‘bek kizi. “Ta’lim jarayonida geymifikatsiya
texnologiyalarini qo‘llash pedagogik metodikasi”. Toshkent, O‘zbekiston, Oliy
ta’lim nashriyoti, 2024. Pedagogs.uz manbasi