OG‘IZ BO‘SHLIG‘IDAGI STOMATIT
Abstract
Kirish
Stomatit og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklari guruhiga
kiradi va stomatologik amaliyotda keng uchraydigan patologiyalardan biridir.
Kasallikning dolzarbligi shundaki, u aholining barcha yosh guruhlarida uchraydi,
ovqatlanish jarayonini qiyinlashtiradi, bemorning hayot sifatini pasaytiradi hamda
ko‘plab umumiy kasalliklarning klinik belgisi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Hozirgi vaqtda stomatitning etiologiyasi, patogenezi, klinik kechishi va davolash
usullarini o‘rganish stomatologiya fanida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois ushbu
maqolada stomatitning sababchi omillari, rivojlanish mexanizmlari, epidemiologic
ko‘rinishi, klinik belgilarining tahlili, davolash va profilaktik choralari haqida batafsil
ma’lumot beriladi.