TALABALARNING O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TA’LIM MUHITINING PSIXOLOGIK OMILLARI

Authors

  • Doniyorov Kamoliddin Nizomidin o'g'li Author

Abstract

 
Zamonaviy  oliy  ta’lim  tizimida  shaxsning  mustaqil  o‘quv  faoliyatini  tashkil 
etish,  o‘z  bilimini  baholash  va  o‘z-o‘zini  boshqarish  ko‘nikmalarini  rivojlantirish 
muhim  psixologik-pedagogik  vazifalardan  biri  hisoblanadi.  Globallashuv, 
raqamlashtirish va axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim jarayonining 
mazmuni va shakliga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, talabaning faqat bilim oluvchi emas, 
balki  o‘z  o‘quv  faoliyatini  ongli  ravishda  boshqaruvchi  faol  subyekt  sifatida 
shakllanishini  talab  etmoqda.  Shu  nuqtayi  nazardan,  o‘z-o‘zini  nazorat  qilish 
ko‘nikmasi  shaxsning  kognitiv  rivojlanishi,  reflektiv  tafakkuri  va  o‘quv 
motivatsiyasini shakllantirishda muhim psixologik omil sifatida qaraladi. 
Pedagogik  psixologiyada  o‘z-o‘zini  nazorat  qilish  shaxsning  o‘z  faoliyatini 
rejalashtirish, monitoring qilish, baholash va tuzatish qobiliyatlarini o‘z ichiga oluvchi 
murakkab  metakognitiv  jarayon  sifatida  talqin  etiladi.  Bu  jarayon  shaxsning  ichki 
nazorat mexanizmlarini faollashtirib, o‘z xatti-harakatlarini ongli boshqarishga xizmat 
qiladi. O‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmasi rivojlangan talaba o‘z o‘quv maqsadini 
aniq belgilaydi, bilim darajasini baholaydi, o‘z xatolarini aniqlaydi va ularni bartaraf 
etish  strategiyalarini  ishlab  chiqadi.  Natijada,  o‘quv  faoliyati  samaradorligi  oshib, 
mustaqil o‘rganish jarayoni izchil shakllanadi. 

References

Adabiyotlar ro‘yhati

1. G‘ofurov I.A. Axborot xavfsizligi asoslari. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent:

Aloqachi, 2020.

2. Sayidahmedov N.S. Pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent:

O‘qituvchi, 2019.

3. Ishmuhamedov R.J. Ta’limda innovatsion va interfaol metodlar. – Toshkent:

Universitet, 2010.

Published

2026-02-06

How to Cite

Doniyorov Kamoliddin Nizomidin o'g'li. (2026). TALABALARNING O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TA’LIM MUHITINING PSIXOLOGIK OMILLARI . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 62(2), 220-222. https://journalss.org/index.php/tal/article/view/17991