CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANGʻICH TAYYORGARLIK FANINI OʻQITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, innovatsion yondashuv, harbiy-ta’lim, interaktiv metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, vatanparvarlik tarbiyasi, pedagogik kompetensiya.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan
chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishda innovatsion
yondashuvlarning pedagogik ahamiyati, mazmuni va samaradorligi tahlil qilinadi.
Tadqiqotda zamonaviy ta’lim talablari asosida ushbu fan mazmunini boyitish, o‘qitish
jarayoniga interaktiv metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda
o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan yondashuvlarni joriy etish masalalari yoritilgan.
Shuningdek, muammoli ta’lim, loyiha metodi, rolli o‘yinlar, keys-stadi va raqamli
texnologiyalarning o‘quvchilarda vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, jismoniy va
psixologik tayyorgarlikni shakllantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Maqolada
o‘qituvchining innovatsion kompetensiyasi, kasbiy rivoji va pedagogik mahoratini
oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari ChQBT fanini
o‘qitish samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning harbiy xizmatga ongli va
mas’uliyatli munosabatini shakllantirishda innovatsion yondashuvlarning muhimligini
ko‘rsatadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimova D.Sh. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasida innovatsion pedagogik
texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. – 168 b.
2. Rasulov A.M., Qodirov B.X. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularning
ta’lim jarayonidagi o‘rni. – Toshkent: Innovatsiya, 2022. – 192 b.
3. Yo‘ldoshev J.G., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiyalar asoslari. – Toshkent:
O‘qituvchi, 2021. – 256 b.
4. Ismoilov F.B. Yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashda zamonaviy yondashuvlar
// Pedagogik ta’lim ilmiy jurnali. – Toshkent, 2023. – №2. – B. 45–49.