O’ZBEKISTONDA FINTEX BOZORI VA UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI
Abstract
Oʻzbekistonda fintex bozori soʻnggi yillarda raqamli iqtisodiyotning eng tez
rivojlanayotgan yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Mamlakatda raqamlashtirish
jarayonlari jadallashuvi, internet va mobil aloqa qamrovining kengayishi, yoshlar
ulushining yuqoriligi hamda davlat tomonidan moliyaviy xizmatlarni modernizatsiya
qilishga qaratilgan islohotlar fintex ekotizimining shakllanishi va kengayishiga zamin
yaratdi. An’anaviy bank xizmatlari bilan bir qatorda raqamli toʻlovlar, elektron
hamyonlar, onlayn kreditlash, kraudfanding platformalari, sugʻurta texnologiyalari va
blokcheyn asosidagi yechimlar bozorda faol qoʻllanilmoqda.
Oʻzbekistonda fintex bozori rivojlanishining asosiy omillaridan biri — toʻlov
tizimlarining transformatsiyasidir. Soʻnggi yillarda naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushi
sezilarli darajada oshdi. Plastik kartalar, mobil ilovalar va QR-kod asosidagi toʻlovlar
aholining kundalik hayotiga chuqur kirib bordi. Bu esa moliyaviy operatsiyalar tezligi,
shaffofligi va qulayligini ta’minlab, iqtisodiy aylanishni jadallashtirdi. Shu bilan birga,
banklar oʻz faoliyatida raqamli xizmatlar ulushini kengaytirib, masofaviy
identifikatsiya, onlayn kredit ajratish va mobil bank xizmatlarini yoʻlga qoʻydi.
Fintex bozori samaradorligini oshirishda normativ-huquqiy baza muhim
ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda moliyaviy texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlashga
qaratilgan qator qaror va farmonlar qabul qilindi. Biroq, tez oʻzgaruvchan raqamli
muhit sharoitida huquqiy tartibga solish mexanizmlarini doimiy takomillashtirib borish
zarur. Xususan, elektron pullar, raqamli aktivlar, ochiq banking (open banking) va
ma’lumotlar almashinuvi bilan bogʻliq normalarni aniq belgilash fintex subyektlari
uchun barqaror va ishonchli muhit yaratadi. Regulyator tomonidan “regulyator
sandbox” mexanizmini keng joriy etish innovatsion mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish
va xavflarni boshqarish imkonini beradi.
References
1. Aliev, O. M. Bankovskaya sistema Rossii: problemy i perspektivy razvitiya v
usloviyakh sanktsionnogo davleniya // Finansy i kredit. – 2022. – T. 28, № 9. – S.
2052–2080.
2. Aliev, O. M., Ibragimova, D. M. Podkhody k postroeniyu tsifrovoy ekosistemy:
rossiyskiy i zarubezhnyy opyt // Ekonomika i predprinimatelstvo. – 2022. – № 3. –
S. 470–475.
3. Firmansyah, E. A., Masri, M., Anshari, M., Besar, M. H. A. Factors Affecting
Fintech Adoption: A Systematic Literature Review // FinTech (MDPI). – 2023. –
Vol. 2, № 1. – P. 21–33.
4. Sagdiyeva, M. R. Banklar faoliyatini raqamlashtirishning yangi tendensiyalari //
Economics and Innovative Technologies. – 2025. – Vol. 13, № 3. – B. 78–83.
5. Tilabov, N. Raqamli iqtisodiyot va davlat qarzining integratsiyasi: yangi moliyaviy
modellar // Iqtisodiy Taraqqiyot va Tahlil. – 2025. – Vol. 3, № 9. – B. 237–243.