DUAL TA’LIM TIZIMINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Abstract
Bugungi globallashuv davrida har bir davlatning iqtisodiy qudrati, avvalo, uning
inson kapitaliga bog‘liq. Zamonaviy texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot va sanoatning
yangi bosqichi shuni ko‘rsatmoqdaki, mehnat bozori endi shunchaki diplomga ega
emas, balki amaliy ko‘nikmaga ega, mustaqil fikrlay oladigan, tez moslashuvchan
mutaxassislarni talab qilmoqda. Shu jihatdan dual ta’lim tizimi zamonaviy kadrlar
tayyorlashning eng samarali mexanizmlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni iqtisodiyot
bilan uzviy bog‘lash, yoshlarni ish bilan ta’minlash masalalari davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Dual ta’lim aynan shu maqsadlarga xizmat qiluvchi
innovatsion modeldir.