BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INKLYUZIV MUHITNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Keywords:
Kalit so’zlar: Boshlang‘ich ta’lim, inklyuziv muhit, bolalarning individual ehtiyoji, teng huquqli ta’lim, pedagogik tavsiyalar, jamiyat taraqqiyoti, imkoniyati cheklangan bolalar, ijtimoiy moslashuv, hurmat va mehr-oqibat, ta’lim sifati.Abstract
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda inklyuziv muhitni shakllantirishning
nazariy va amaliy asoslari batafsil tahlil qilinadi. XXI asr ta’lim tizimida har bir bolaga,
uning imkoniyatlaridan qat’iy nazar, sifatli va teng huquqli ta’lim berish muhim vazifa
sifatida qaraladi. Inklyuziv ta’lim tizimi sog‘lom va imkoniyati cheklangan bolalarni
bir maktab muhitida birlashtirib, ularning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda
o‘qitish imkonini yaratadi. Bu jarayonda bolalar o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik, mehr-
oqibat va ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Maqolada inklyuziv
ta’limning asosiy tamoyillari, boshlang‘ich sinflarda tatbiq etilishi va uning amaliy
samaradorligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, mamlakatimizda inklyuziv ta’limni joriy
etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, pedagogik tavsiyalar va
pedagoglarning roli yoritilgan. Boshlang‘ich ta’limda inklyuziv muhit yaratish nafaqat
o‘quvchilarning individual salohiyatini rivojlantiradi, balki jamiyatda ijtimoiy adolat,
tenglik va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlaydi. Shu bois, inklyuziv ta’lim har
bir bolaning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi, oilasidan ajralmagan holda ta’lim
olishi va sog‘lom ijtimoiy muhitda tarbiyalanishini ta’minlaydi. Maqola mazmuni
inklyuziv ta’limning amaliy va nazariy ahamiyatini yoritib, pedagogika va ta’lim
sohasidagi mutaxassislar uchun foydali tavsiyalar beradi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 13.10.2020 yildagi PQ-4860-son.
2. Xasanova Asila Xasan qizi. BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INKLYUZIV
TA’LIM TAMOYILLARINI JORIY ETISHNING AHAMIYATI VA
SAMARADORLIGI. Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024, VOLUME-2, ISSUE-
6
3. U.U. Turamuratov va boshqalar. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI. INKLYUZIV TA’LIM. GOSPITAL
PEDAGOGIKA .(O‘quv qo‘llanma). Termiz-2024. 5-6-betlar. 173 sahifa.
4. Raimjonova Muslima. INKLYUZIV TA’LIMDA ONA TILI O‘QITISH
METODIKASI. ILM-FAN XABARNOMASI, SCIENCE
BULLETIN,ВЕСТНИК НАУКИ. B. 677.
5. Raximova Xurshidaxon Sadikovna. INKLYUZIV TA’LIMNING MAQSAD VA
VAZIFALARI. E Conference World. B.34.
6. N.N.azamova. INKLYUZIV TA’LIM TAMOYILLARI JAMIYAT
TARAQQIYOTIDA TUTGAN O‘RNI VA ROLI. NTER EDUCATION &
GLOBAL STUDY. B.147.
7. Valiyeva, N. A. (2025). Forming Independent, Creative And Design Thinking In
Students Through Innovative Technologies. TLEP – International Journal of
Multidiscipline, 2(5), 30-34. https://tlepub.org/index.php/1/article/view/309