PIRLS TOPSHIRIQLARI ASOSIDA O’QISH DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: informatsion matn, PIRLS tadqiqoti, taqqoslash, mantiqiy tahlil, savol-javob metodi, o’z–o’zidan rivojlantirish, innovatsion usullar, anonim so’rovnoma, TIMMS va PISA dasturlariAbstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada xalqaro miqyosdagi PIRLS (Progress in
International Reading Literacy Study) baholash dasturi topshiriqlari asosida oʻqish
darslarini samarali tashkil etish masalalari yoritilgan. Maqolada oʻquvchilarning
matnni tushunish, tahlil qilish va mulohaza yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishda
PIRLS talablariga mos yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek,
zamonaviy taʼlim standartlariga mos ravishda dars jarayoniga interaktiv metodlar,
differensial yondashuv va o‘quvchilarning funksional savodxonligini rivojlantirishga
xizmat qiluvchi topshiriqlarni integratsiyalash bo‘yicha takliflar beriladi. Tadqiqot
natijalari sifatida oʻqish darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil
etishning oʻquvchilar natijalariga ijobiy ta’siri asoslab berilgan. Mazkur maqola
oʻqituvchilar, metodistlar va taʼlim tashkilotchilari uchun foydali ilmiy-amaliy manba
boʻlib xizmat qiladi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining “ Xalq ta’lim tizimida ta’lim
sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari
to’g’risida” 2018-yil 8- dekabrdagi 997-sonli qarori.
2. “ Xalqaro tadqiqotlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini
baholash “ ( Boshlang’ich sinf o’qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari
uchun metodik qo’llanma) Toshkent.2019.
3. Mamatova G.A. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’quv tahlilini tashkil etish va
uni baholash mеtodikasi. Mеtodik qo’llanma. – T.: 2006. – 95 b.
4. Mirqosimova M. O’quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va
takomillashtirish asoslari. Monografiya. – T.: Fan, 2006. – 112 b.
5. “O’qish savodxonligi” 4- sinf: umumiy o’rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun
darslik U. Aydarova, N. Azizova – Toshkent: “ Novda Edutainment ” , 2023. 80 b.
6. Ergashev, R. "Boshlang‘ich ta’limda innovatsion texnologiyalar". – Nukus:
Qoraqalpoq davlat universiteti nashriyoti, 2021.
7. Salomov, X. "Interfaol metodlar orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirish". –
Farg‘ona: Ilm-fan, 2019