O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Keywords:
Kalit so’zlar: Inflyatsiya,byudjet taqchilligi,yalpi ichki maxsulot,real daromad,iqtisodiy o‘sishAbstract
Annotatsiya: Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial
ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy
o‘sish muammosini o‘rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi -
cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga echim topiladi. Demak,
iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish hamda tahlil qilish jamiyat
oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir. Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real
daromadlarining o‘sishi, shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan real
daromadlarning o‘sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil usul
bilan o‘lchanadi. Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YaIM ni o‘tgan davrga nisbatan
o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari
dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi. Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi,
chunki iqtisodiy o‘sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning
ko‘payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan,
yangiyangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro
bozorlarda mamlakat obro‘sining oshishiga olib keladi.
References
1 Mamatov.A.A. Shakllanayotgan bozor munosabatlari tizimida yalpi ichki
mahsulot. Iqt .fan. dok. diss. avtoref. –T.: UzMU, 2002.
2.Olmasov A., Vaxobov A. Iqtisodiyot nazariyasi.
Darslik. T.: “IQTISODMOLIYA”, 2014. “Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. №
3. may-iyun, 2016 yil www.iqtisodiyot.uz
4.To'xliyev N.T. va boshq. O'zbekiston iqtisodiyoti asoslari. – T.: O'zbekiston
milliy ensklopediyasi , 2006 .
5Mambetjanov Q.Q. Yalpi ichki mahsulotning harakat bosqichlarini hisoblash
usullarini takomillashtirish yo'nalishlari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar”
ilmiy elektron jurnali. –
TDIU, 2012. №
6“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-
iyun, 2016 yil