AUDIOVIZUAL VOSITALAR YORDAMIDA NUTQNI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: Audiovizual vositalar, nutqni rivojlantirish, zamonaviy ta’lim, multimediya, og‘zaki nutq, yozma nutq, komunikativ malaka, interfaol mashg‘ulot, didaktik vosita, estetik tafakkur.Abstract
Annotatsiya: Zamonaviy ta’lim jarayonida nutqni rivojlantirish uchun ilg‘or
usullardan foydalanish muhim bo‘lib, ularning eng samaralilaridan biri audiovizual
vositalar vositasida amalga oshiriladigan metodik yondashuv hisoblanadi. Tahsil
olishda nafaqat kitob va yozma manbalardan, balki zamonaviy texnik imkoniyatlar –
video, audio, animatsion filmlar, to‘liq metrajli filmlar, teleko‘rsatuvlar, hujjatli
filmlar, podkastlar, elektron darsliklar, o‘quv filmlari hamda ta’limiy dasturlar keng
tarzda qo‘llanilmoqda. Audiovizual vositalarning eng asosiy ustunligi – ta’lim
oluvchilarning eshitish va ko‘rish organlari orqali bilvosita hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri
axborot olish, real hayotiy jarayonlarni kuzatish, til va nutqga xos harakat, ohang va
intonatsiyani jonli qabul qilish imkonini berishidir. Shu sabab audiovizual vositalar
vositasida nutqni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb va natijador yondashuvlaridan
biri sifatida tobora ahamiyat kasb etmoqda.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Orinbaeva M.M. O‘quvchilarning nutqini rivojlantirishda audiovizual
vositalarning ahamiyati. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020.
2. Xushvaqtova N. Nutq o‘stirish metodikasi va ilg‘or tajribalar. – Toshkent:
Ma’naviyat, 2018.
3. Djalolova S. Zamonaviy darsda interaktiv metodlar va axborot-
kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish. – Toshkent, 2021.
4. Karimova D. O‘zbek tilini o‘qitishda audiovizual vositalarning o‘rni. –
Samarqand, 2022.
5. Normurodov A. Pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar. – Toshkent:
Muharrir, 2022.
6. Bobojonov A. Ta’lim tizimida jarayonlarni zamonaviy asosda tashkil etish. –
Toshkent: Fan va texnologiya, 2019.
7. Tojiev O. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Akademnashr, 2020.