O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM SOHASI RIVOJI VA ISTIQBOL IMKONIYATLARI
Abstract
O‘zbekistonda malakali kadrlarni tayyorlashdagi, aholining ilmiy madaniy,
ta’lim tarbiyaviy taraqqiyotini ta’minlashda etarlicha natijalar an’analarni o‘zida
jamlagan kuchli potensial jamlangan. Shuning uchun O‘zbekistondagi oliy ta’lim
oldida to‘plangan ijobiy tajribalarni saqlash va mazmunan boyitish dunyo ta’lim
kengliklarida o‘zining munosib o‘rnini egallash kabi favqulodda jiddiy vazifa turib
qoldi. Ayniqsa, bir necha o‘n yillab mafkuraviy iskanjada bo‘lgan fan, madaniyat,
ta’limning undan bo‘shatish, yangi qadriyatlar, innovatsiyalar orqali jonlantirish
mustaqil O‘zbekiston xalqi oldida sharafli va sermashaqqat vazifalardan biri edi.
O‘zbekiston mustaqillik ostonasida turar ekan, respublika rahbariyati dastlabki
vazifalardan biri ilm-fanni, ta’lim tizimini isloh qilish, modernizatsiya qilish
lozimligini chuqur anglar edi. O‘zbekistonning Birinchi Pezdentimiz I.A.Karimov
1988-yil 20-noyabrda O‘zbekiston SSR Fanlar Akademiyasida bo‘lgan uchrashuvda
shunday degan edi: “Respublika hayotining barcha sohalarida ilm-fan mavqeini prinsip
e’tibori bilan yangi sifat darajasiga ko‘tarish respublika Fanlar Akademiyasining
asosiy vazifasidir, deb o‘ylaymiz. Ilm-fan ahliga buyruq berish, quruq
ma’muriyatchilik, olimlarga apparat xodimlari kabinetlarida paydo bo‘ladigan
“ijtimoiy buyurtmani” ro‘baro‘ qilish davri o‘tib ketdi. Ijodiy izlanishlarning
natijalarini qamrab olgan Fanlar akadepmiyasi olimlarining asarlari va tavsiyalari
respublika taraqqiyotining istiqbolini belgilaydigan keklajakdagi hisob-kitoblar va
siyosatning poydevori bo‘lishi darkor… . Fanga iste’dodli yoshlarning kirib kelishini
ta’minlash uchun kompleks tadbirlar turkumini amalga oshirish zarur. Bu borada oliy
maktabning, hatto umumiy ta’lim maktablarining faoliyatini tubdan qayta qurish
kerak”. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida islohotlarni boshidan
kechirgan va natijasini ko‘rsata olgan sohalardan biri ta’lim tizimidir. O‘zbekiston ilm-
fanga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Zamonning tezkor taraqqiyotiga xizmat
qiluvchi yangi fan sohalari bo‘yicha tadqiqotlar yo‘lga qo‘yildi. Tabiiy va aniq fanlarni
o‘qitish va ilmiy tadqiqotlar olib borish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Karimov I. “Ilm-fan imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanalaylik”, O‘zbekiston
mustaqillikka erishish ostonasida, Toshkent, “O‘zbekiston”. 2012, 72-b.
2. Mirziyoev Sh. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi
farovon bo‘ladi. Toshkent, “O‘zbekiston, 2019, 29-b.
3. Siddiqov R.B. Voprosы innovatsiy v izuchenii reformirovaniya vыsshego
obrazovaniya Respubliki Uzbekistan. O‘zbekiston tarixi fanidagi innovatsiyalar
(ilmiy to‘plam), “Noshir”, Toshkent, 2012, 232 b.
4. S.G‘ulomov, E. Ubaydullaeva, E.Axmedov. Mustaqil O‘zbekiston, “Mehnat”,
Toshkent, 2001. 61-b.
5. Murtazaeva R.X. O‘zbekiston tarixi.
6. Karimov I. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. “O‘zbekiston”, Toshkent, 1997, 25-b.
7. Mirziyoev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‘taramiz (1-qism), O‘zbekiston, Toshkent, 2018, 25-b.
8. Mirziyoev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‘taramiz (1-qism), O‘zbekiston, Toshkent, 2018, 85-b.
9. Mirziyoev Sh. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi
farovon bo‘ladi. Toshkent, “O‘zbekiston, 2019, 355-b.
10. “Niyatingiz xolis bo‘lsa fikringiz asosini keltiring”. Kun.uz/news/2020/08/12