INTERAKTIV MUAMMOLI O‘QITISHNING RAQAMLI KUZATUV ASOSIDA SAMARADORLIGINI BAHOLASH METODI
Keywords:
Kalit so‘zlar: matematika ta’limi, muammoli o‘qitish, interaktiv metod, raqamli kuzatuv, tanqidiy fikrlash, ta’lim samaradorligi.Abstract
Annotatsiya: Ushbu tezis ishida matematika darslarida muammoli o‘qitishning
samaradorligini aniqlashda innovatsion yondashuv — interaktiv muammoli
o‘qitishning raqamli kuzatuv asosida baholash metodi taklif etiladi. An’anaviy
baholash yondashuvlari ko‘pincha o‘quvchilarning yakuniy natijalarini test yoki
yozma ishlar orqali o‘lchash bilan chegaralanadi. Mazkur metod esa o‘qitish
jarayonining interaktiv, kognitiv va ijtimoiy jihatlarini ham o‘z ichiga oladi.
Tadqiqotda o‘quvchilarning faolligi, mustaqil fikrlash darajasi, muloqot va hamkorlik
ko‘rsatkichlari raqamli kuzatuv jadvallari yordamida qayd etiladi hamda ularning
yig‘ma tahlili asosida samaradorlik indeksi (S) hisoblanadi.
Metodning asosiy yangiligi shundaki, u muammoli o‘qitish jarayonini faqat
natijaga emas, balki jarayonning o‘zini — fikrlash tezligi, argument keltirish sifati,
hamkorlik madaniyati kabi omillarni ham baholash imkonini beradi. Natijalar shuni
ko‘rsatadiki, raqamli kuzatuv asosida olib borilgan muammoli o‘qitish o‘quvchilarda
tanqidiy fikrlash, mantiqiy tahlil, ijodiy yondashuv va hamkorlik kompetensiyalarini
rivojlantiradi. Ushbu metod zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llagan holda
muammoli o‘qitish samaradorligini obyektiv, raqamli va tizimli baholashga xizmat
qiladi.
References
Foydalangan adabiyotlar ro‘yhati
1. Arviana, R., Irwan, & Dewi, M. P. (2018). Problem Based Learning in Mathematics
Education and Its Effect on Student’s Critical Thinking.
https://www.researchgate.net/publication/323484920
2. Hendriana, H. (2018). A kind of mathematics teaching-learning approach is problem-
based learning (PBL).
https://files.eric.ed.gov/fulltext/EJ1194294.pdf
3. Siagian, M. V., Saragih, S., & Sinaga, B. (2019). Development of Learning Materials
Oriented on Problem-Based Learning Model to Improve Students’ Mathematical Problem
Solving and Metacognition Ability. International Electronic Journal of Mathematics
Education, 14(2).
https://www.iejme.com/article/development-of-learning-materials-oriented-on-problem-
based-learning-model-to-improve-students-5717
4. Loyens, S. M. M., Kirschner, P. A., & Paas, F. (2012). Problem-based learning and
student learning: Toward best practices. https://doi.org/10.1007/s10648-012-9210-6
5. Savery, J. R. (2015). Overview of problem-based learning: Definitions and distinctions.
Interdisciplinary Journal of Problem-Based Learning, 1(1).
https://doi.org/10.7771/1541-5015.1002
6. Zou, Y., Kuek, F., Feng, W., & Cheng, X. (2025). Digital learning in the 21st century:
Trends, challenges, and innovations in technology integration.
https://www.frontiersin.org/articles/10.3389/feduc.2025.1562391/full
7. Haleem, A., Javaid, M., & Singh, R. P. (2022). Understanding the role of digital
technologies in education.
https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2666412722000137
8. Lohr, A., & Stadler, H. (2024). Digital learning in schools: Which skills do teachers need?
https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0742051X24003214