“YAKKA AHMAD VA ERNAZARXON” DOSTONLARIDAGI OBRAZLARNING QIYOSIY TADQIQI
Abstract
ANNOTATSIYASI
Ushbu maqola o ‘zbek folklorshunosligi uchun muhim hisoblangan “Yakka
Ahmad va Ernazarxon” dostonlaridagi obrazlarning qiyosiy tadqiqiga bag‘ishlangan.
Maqola magistrlar, mustaqil izlanuvchilar hamda doktorantlar uchun mo‘ljallangan.
San‘atning boshqa turlari kabi badiiy adabiyot ham hayotni undagi insonlarning
ruhiy holati, o‘y-fikrlarini aks ettiradi. Inson tasviri yo‘q joyda badiiy adabiyot ham
bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra adabiyotda markaziy o‘rinni egallovchi tushuncha ham obraz
qahramon tushunchasidir. Obraz-timsol tushunchasini anglatadi. Obraz-ijodkorning
fikrtuyg‘ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatadi. Jo‘n qilib aytadigan bo‘lsak,
badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini anglatadi.
Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining “Yakka Ahmad” dostonida Oqbilak ro‘molining
uchiga xat tugib jo‘natadi. O‘zbek xalqi orasida nikoh to‘yi marosimlarining ko
‘pchilik uzvlari ro‘mol, ro‘molcha ishtirokida o‘tadi. Jumladan, qiz va yigitning
unashtirilganini xalqqa ma‘lum qilish maqsadida “ro‘mol to‘yi” o‘tkaziladi.
O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida “ro‘mol to‘yi” nikoh to‘yi marosimlari
tizimining tayanch bo‘g‘inlaridan hisoblanadi. N.P.Lobacheva “ro‘mol
to‘yi”Qoraqalpoq nikoh to‘yining tarkibiy qismlaridan biri ekanligini yozgan.
Markaziy Osiyoda yashovchi boshqa xalqlar orasida ham bu an‘ananing keng
yoyilganligi nikoh marosimidagi ayni halqaning qadimdan kelayotganligini dalillaydi.
Ro‘mol bilan bog‘liq marosim, odatlar chegarasi bu bilan cheklanmaydi. Yigit tomon
qizga jo‘natgan sarpolar taxining “oq ro‘mol”dan boshlanishi, kuyovning
go‘shangasiga kirib, “soch silar” {soch siypatar}udumida shoyi ro‘mol bilan kelin
sochini silashi, nikoh to‘yida ikki yoshning bir oila qurganliklarining ramziy belgisi
sifatida “ro‘molcha” tarqatilishini esga olish kifoya. Motam marosimida ham mayit
qabrga qo‘yilgach, ro‘molcha yoki belbog‘ning kelganlarga ulashilishi bejiz
emas.Sanab o‘tilgan urf-odatlar ertak va dostonlarda ham o‘z badiiy ifodasini topgan. 1
“Alpomish” dostonida Qalmoq yurtiga ko‘chib borgan Boysarini ko‘rib kelish uchun
borayotgan Surxayl kampirdan, Qorajon yo‘l bo ‘lsin, deb so‘raganida, Surxayl
kampir: Atashtirib ro‘mol berib kelaman,-deb javob beradi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
1. “Yakka Ahmad” o ‘zbek xalq ijodi yodgorliklari. O ‘n to ‘rtinchi jild nashrga
tayyorlovchilar: Zarifov H, Eshonqulov J. Toshkent: G ‘afur Gulom nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi-2019.
2. Abdullaev R. Baysun: traditsionnaya muzыkalnaya kultura.‒ Tashkent, 2016. – 180 b.
3. Avazxon ota yurtida. Doston. Aytuvchi Boborayim baxshi Mamatmurodov. – Termiz:
Jayhun, 1999. – 220 b.
4. Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik. IItom. – Toshkent: Fan, 1979. –B.180.
5. Alp Qo‘ng‘irotbek. Doston. Aytuvchi CHori baxshi Umirov. ‒ Toshkent: Tafakkur,
2014.– 200 b.
6. Alpomish. Doston. Aytuvchi Umir shoir Safarov. YOzib oluvchilar O.Sobirov,
Q.Muhammedov. Nashrga tayyorlovchilar: T.Mirzaev, J.Eshonqulov, R.CHoriev. ‒
Toshkent: Akademnashr, 2019. ‒ 400 b.