EKUMENIZMNING TARIXIY ILDIZLARI VA RIVOJLANISHI
Abstract
Ekumenizm (grekcha oikoumene — “butun dunyo”) xristian dunyoqarashining
eng muhim ilmiy va ma’naviy tendensiyalaridan biri bo‘lib, u cherkovlar o‘rtasidagi
birlik va hamjihatlik g‘oyasini ilgari suradi. Bu harakatning mohiyati xristianlikdagi
konfessiyaviy farqlarni bartaraf etish, o‘zaro ishonch va muloqotni kuchaytirish orqali
umumiy insoniy qadriyatlar atrofida birlashishdir. Ekumenizm XX asrning ikkinchi
yarmidan boshlab faqat diniy yoki teologik doktrina emas, balki ijtimoiy-gumanitar va
siyosiy ahamiyatga ega global harakatga aylandi.
Ekumenik g‘oyalar zamonaviy ko‘rinishda ilk bor 1910 yilda Shotlandiyaning
Edinburg shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon missionerlik konferensiyasida shakllana
boshladi. Mazkur anjumanda protestant va anglikan missionerlar xristianlikning asosiy
vazifasi “birlik va hamjihatlikka intilish” ekanini ta’kidladilar. Shu maqsad bilan
keyinchalik “Hayot va xizmat” (Life and Work, 1925) va “Iymon va tartib” (Faith and
Order, 1927) kabi harakatlar paydo bo‘ldi. 1948 yilda esa bu harakatlar asosida
Butunjahon cherkovlar kengashi (World Council of Churches, WCC) tuzildi. U
dunyodagi pravoslav va protestant jamoalarni birlashtirgan yirik tashkilot sifatida
konfessiyalararo diniy muloqotning institutsional maydonini yaratdi.
Katolik cherkovi uzoq vaqt davomida ekumenizm masalasiga ehtiyotkorona
yondashgan bo‘lsa-da, XX asrning 60-yillarida bu jarayonga rasmiy ravishda qo‘shildi.
1962–1965-yillarda o‘tkazilgan II Vatikan kengashida qabul qilingan
Unitatis Redintegratio, Lumen Gentium va Nostra Aetate kabi muhim hujjatlar katolik
cherkovining boshqa konfessiyalar hamda turli dinlarga bo‘lgan munosabatini tubdan
yangilab berdi. Ushbu hujjatlarda xristianlarning yagona e’tiqod asosida birlashishi va
boshqa dinlarga hurmat ruhida yondashish zarurligi alohida urib ko‘rsatildi. Natijada,
ushbu kengash ekumenizmni katolik cherkovining e’tiqodiy tizimi doirasida
mustahkamlab, uni diniy ta’limot va ilmiy qarashlarning muhim tarkibiy qismiga
aylantirdi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Küng H. Christianity: Essence, History, and Future. – London: SCM Press,
2001.
2. Zizioulas J.D. Being as Communion: Studies in Personhood and the Church. –
Crestwood, New York: St Vladimir’s Seminary Press, 1985.
3. Kasper W. That They May All Be One: The Call to Unity Today. – London:
Burns & Oates, 2004.
4. Schmemann A. The Historical Road of Eastern Orthodoxy. – Crestwood, New
York: St Vladimir’s Seminary Press, 1977.
5. Nostra Aetate // Vatican Council II tomonidan 1965-yil 28-oktabrda qabul
qilingan cherkovning nasroniy bo‘lmagan dinlar bilan munosabati to‘g‘risidagi
deklaratsiya.
6. The Lausanne Covenant // International Congress on World Evangelization. –
Lausanne, 1974.
7. The Cape Town Commitment // The Third Lausanne Congress. – Cape Town,
2010.
8. World Council of Churches. History of the World Council of Churches. –
Geneva: WCC.
9. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida. – Toshkent, 2021-yil 5-iyul, O‘RQ-699-son.
10. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023. 35-modda.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Fuqarolarning vijdon
erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy
sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida. –
2025-yil 21-aprel, PF-68-son.
12. World Council of Churches. Councils of Churches. – Geneva: WCC.
13. BMT Bosh Assambleyasi. “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” to‘g‘risidagi
rezolyutsiya. – Nyu-York, 2018-yil 12-dekabr.