OʻZBEKISTON IQTISODIYOTINING GLOBAL INTEGRATSIYA SHAROITIDAGI INNOVATSION RIVOJLANISHI VA RAQOBATBARDOSHLIGI
Abstract
So‘nggi yillarda Oʻzbekiston iqtisodiyoti tub tarkibiy o‘zgarishlar bosqichini
boshdan kechirmoqda. Ayniqsa, 2020–2025 yillar oralig‘i mamlakatning global
iqtisodiy tizimga integratsiyalashuvi, ochiq bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonlari va
innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarining jadallashuvi bilan xarakterlanadi. Ushbu
davrda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar, investitsiya siyosati, raqamli
iqtisodiyotning kengayishi hamda tashqi savdo aloqalarining rivojlanishi
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini sezilarli darajada
oshirdi.2020-yilda butun dunyoda yuzaga kelgan COVID-19 pandemiyasi O‘zbekiston
iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi va iqtisodiy o‘sish sur’ati 1,6% darajasida
qayd etildi. Biroq davlat tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar va iqtisodiy
qo‘llab-quvvatlash siyosati natijasida keyingi yillarda iqtisodiyot tez sur’atlarda
tiklandi. Xususan, 2021-yilda YAIM o‘sishi 8,0% ni, 2022-yilda 6,0% ni, 2023-yilda
6,3% ni, 2024-yilda 6,5% ni va 2025-yilda 7,7% ni tashkil etdi. 2025-yil yakunlariga
ko‘ra, yalpi ichki mahsulot hajmi 1 849,7 trillion so‘mga yetib, mamlakat iqtisodiy
rivojlanishining yuqori dinamikasini namoyon etdi. Xalqaro hisob-kitoblarga ko‘ra,
YAIM hajmi 137–145 mlrd AQSh dollari atrofida shakllandi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2020–2025 yillarda yalpi ichki mahsuloti va
iqtisodiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar [Elektron resurs]. – Rejim
dostupa: stat.uz.
2. Mirziyoyev Shavkat Miromonovich. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. – Toshkent:
«Oʻzbekiston», 2021. – 464 b.
3. Jahon banki. Uzbekistan Country Economic Update (2022–2025) [Elektron resurs].
– Rejim dostupa: worldbank.org.
4. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi. Regional Economic Outlook: Middle East and
Central Asia (2023–2025) [Elektron resurs]. – Rejim dostupa: imf.org.
5. Daron Acemoglu., Simon Johnson. Power and Progress: Our Thousand-Year
Struggle Over Technology and Prosperity. – New York: PublicAffairs, 2023. – 560
p.
6. Yusupov Dilshod. Oʻzbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va
raqobatbardoshlikni oshirish masalalari. – Toshkent, 2022. – 256 b.