"O‘TKAN KUNLAR" – O‘ZBEK ROMANCHILIGINING GULTOJI

Authors

  • Arziqulova Dilobar Narmuhammad qizi Author

Keywords:

Kalit so’zlar. Abdulla Qodiriy, O‘tkan kunlar, o‘zbek romanchiligi, milliy adabiyot, Otabek va Kumush, badiiy mahorat, tarixiy haqiqat, badiiy obraz, Turkiston fojiasi.

Abstract

Annotatsiya 
      Ushbu maqolada o‘zbek adabiyoti tarixida yangi davrni boshlab bergan buyuk adib 
Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar" romani o‘zbek romanchiligining cho‘qqisi va 
"gultoji"  sifatida  tahlil  qilinadi.  Maqolada  asarning  yaratilish  tarixi,  undagi  milliy 
ruhning  maqsadi  va  yozuvchining  badiiy  mahorati  keng  yoritilgan.  Roman  nafaqat 
ishqiy  sarguzashtlar  majmuasi,  balki  Turkistonning  XIX  asr  o‘rtalaridagi  ijtimoiy-
siyosiy ahvoli, millat taqdiri va parokandalikning fojiaviy oqibatlari aks etgan tarixiy 
to’ntarilish sifatida ko‘rib chiqiladi. 
      Muallif  Otabek  va  Kumushning  pok  muhabbati  orqali  insoniy  tuyg‘ularning 
yuksakligini,  Yusufbek  hoji  obrazi  orqali  esa  davlat  arbobining  vatanparvarlik  va 
millat dardi bilan yashash tamoyillarini ochib beradi. Shuningdek, maqolada asarning 
tili, undagi xalqona iboralar, maqol va matallarning badiiy vazifasi hamda Qodiriyning 
o‘zbek  tili  rivojiga  qo‘shgan  hissasi  ilmiy  asoslanadi.  Tadqiqot  davomida  "O‘tkan 
kunlar" romani bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaganligi, u yosh avlod 
tarbiyasida  milliy  qadriyatlarni  e’zozlash  va  tarixiy  xatolardan  xulosa  chiqarishda 
muhim manba ekanligi ta’kidlanadi. 

References

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abdulla Qodiriy. "O‘tkan kunlar" (roman) — 1922–1925

2. Habibulla ormatov, U. Qodiriy bog'i. – Toshkent: Ma’naviyat, 1996.

3. Sharafiddinov, O. Birinchi moʻjiza. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1979.

4. Yo'ldoshev, Q. Yoniq so'z. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006. (Romandagi

badiiy til tahlili uchun). Qodiriy. "Otam haqida" — 1983

Published

2026-04-17

How to Cite

Arziqulova Dilobar Narmuhammad qizi. (2026). "O‘TKAN KUNLAR" – O‘ZBEK ROMANCHILIGINING GULTOJI . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 67(2), 162-165. https://journalss.org/index.php/tal/article/view/25307