TIJORAT BANKLARINING OPERATSIYALARI
Keywords:
Kalit so'zlar: aktiv operatsiyalar, ustav fondi, kredit risk, risk menejmenti, bank innovatsiyalari, rezerv fondi, investitsiya, tijorat banki.Abstract
Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqola tijorat banklarida operatsiyalarning mohiyati,
ularning bank faoliyatidagi ahamiyati va zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini
atroflicha tahlil qiladi. Maqolada aktiv va passiv operatsiyalarning nazariy asoslari,
turlari va ularni samarali boshqarishning ahamiyati ko'rib chiqiladi. Xususan,
kreditlash, investitsiya faoliyati va boshqa aktiv turlarining bankning daromadlilik va
barqarorligini ta'minlashdagi o'rni chuqur o'rganiladi. Shuningdek, aktiv
operatsiyalarni boshqarishda yuzaga keladigan risklar, ularni baholash va
minimallashtirish usullari, jumladan, VaR, stsenariy tahlili, Markowitz va Sharp
modellari yordamida risk menejmenti mexanizmlari muhokama qilinadi.
Raqamlashtirish, innovatsiyalar va barqaror moliya tamoyillarining aktiv
operatsiyalarga ta'siri, shuningdek, O'zbekistonda tijorat banklari passiv
operatsiyalarining xususiyatlari va kelgusi istiqbollari yoritilgan. Bank resurslari
bankning oʻz mablag’lari, qarzga olingan ya’ni, jalb etilgan mablag’lardan, hamda
emitentlashgan mablag’larini shakllantirish haqida ham ko’rib chiqiladi.Tadqiqot bank
sektori mutaxassislari, tadqiqotchilar va talabalar uchun foydali bo'lishi mumkin.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Salimov, M. Tijorat Banklarining Operatsiyalari.
2. Абдуллаев Ё., Қоралиев Т., Тошмуродов Ш., Абдуллаева С. Банк иши. Ўкув
кулланма-Т
3. Bank risklarini boshqarish tizimi – https://www.example.com/bank-
riskmanagement-system-article
4. Abdulazizovich, Abduvakhidov Akmal, and Kamilova Sanobar Mirdjamolovna.
"ISSUES OF BANKING SYSTEM DIGITALIZATION IN UZBEKISTAN."
World Bulletin of Management and Law 11 (2022): 14-19.
5. Носкова И.А. Финансовые и валютные операции. – М.: “Университет”, 1996.
6. To‘xtasinov B., Qodirov B.
Tijorat banklari faoliyati. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.