XORIJIY AMALIYOTDA KICHIK BIZNES UCHUN KREDIT MAHSULOTLARI (MIKROKREDITLAR, LIZING, FAKTORING, INNOVASION MOLIYALASHTIRISH VOSITALARI).
Abstract
Hozirgi global iqtisodiyot sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlari iqtisodiy o‘sishning eng muhim drayverlaridan biri sifatida e’tirof
etilmoqda. Xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlarda kichik biznes sektorining barqaror rivojlanishi moliyaviy resurslarga
keng va moslashuvchan kirish imkoniyati bilan bevosita bog‘liqdir. Ayniqsa, tijorat
banklari va boshqa moliyaviy institutlar tomonidan taklif etilayotgan mikrokreditlar,
lizing, faktoring hamda innovatsion moliyalashtirish vositalari ushbu sektorning
moliyaviy barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Xorijiy tajribada kichik biznesni moliyalashtirishda an’anaviy kreditlash bilan
bir qatorda muqobil va innovatsion instrumentlardan keng foydalanilmoqda. Jumladan,
mikrokreditlash tizimi kichik tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish uchun
boshlang‘ich kapitalga kirishni yengillashtirsa, lizing mexanizmi asosiy vositalarni
katta boshlang‘ich xarajatlarsiz jalb etish imkonini beradi. Faktoring operatsiyalari esa
korxonalar aylanma mablag‘larining uzluksizligini ta’minlab, to‘lov intizomi va
likvidlik muammolarini samarali hal etadi. So‘nggi yillarda esa raqamli platformalar
asosida faoliyat yurituvchi innovatsion moliyalashtirish vositalari – fintech kreditlash,
peer-to-peer lending, supply chain finance kabi mexanizmlar kichik biznesni qo‘llab-
quvvatlashda yangi bosqichni boshlab bermoqda.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. World Bank. Boosting SME Finance for Growth. Finance for Development
Report, 2023.
2. IFC. IFC Helps Uzbekistan’s Ipoteka-Bank Boost Lending for Smaller
Businesses. Press Release, 22.08.2022.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-fevraldagi PF–2768-son
Farmoni. Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida.
4. SBA (USA). Small Business Contribution to GDP and Employment. Annual
Report.