TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN KICHIK BIZNES SUBYEKTLARIGA TAKLIF ETILAYOTGAN KREDIT MAHSULOTLARI.

Authors

  • Miraxmedov Davron Abduganiyevich Author

Abstract

Bugungi  kunda  global  iqtisodiy  transformatsiyalar,  raqamlashtirish 
jarayonlarining jadallashuvi hamda moliyaviy bozorlarning chuqurlashuvi sharoitida 
kichik  biznes  subyektlarining  iqtisodiyotdagi  o‘rni  tobora  ortib  bormoqda.  Kichik 
biznes iqtisodiy tizimning eng moslashuvchan va innovatsion segmenti sifatida yangi 
ish o‘rinlarini yaratish, ichki talabni kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirishda 
muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, mazkur sektorning barqaror rivojlanishi ko‘p 
jihatdan  moliyaviy  resurslarga,  xususan  bank  kreditlariga  erkin  va  tezkor  kirish 
imkoniyatiga bog‘liqdir. 
O‘zbekiston sharoitida ham kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash davlat iqtisodiy 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda tijorat banklari 
tomonidan  taklif  etilayotgan  kredit  mahsulotlari  tarkibining  kengayishi,  jumladan 
mikromoliya  kreditlari,  investitsion  kreditlar,  tezkor  kreditlar  va  raqamli  kreditlash 
instrumentlarining  joriy  etilishi  ushbu  sohani  rivojlantirishda  muhim  omil  bo‘lib 
xizmat qilmoqda. Biroq amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, kichik biznes subyektlarining 
moliyalashtirish tizimida hali ham bir qator muammolar mavjud bo‘lib, ular orasida 
kredit resurslarining yuqori qiymati, garov ta’minoti talablarining murakkabligi hamda 
kreditlash  jarayonlarining  yetarli  darajada  soddalashtirilmaganligi  alohida  ajralib 
turadi. 

References

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-fevraldagi PF–2768-son

Farmoni. Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida.

2. O‘zsanoatqurilishbank rasmiy sayti. “Tezkor kredit” mahsuloti tavsifi.

3. O‘zsanoatqurilishbank rasmiy sayti. “Oldindan ma’qullangan kredit” mahsuloti

tavsifi.

Published

2026-05-05

How to Cite

Miraxmedov Davron Abduganiyevich. (2026). TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN KICHIK BIZNES SUBYEKTLARIGA TAKLIF ETILAYOTGAN KREDIT MAHSULOTLARI . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 68(3), 351-354. https://journalss.org/index.php/tal/article/view/28084