TIJORAT BANKLARIDA KICHIK BIZNESNI MOLIYALASHTIRISHDA FAKTORING XIZMATLARIDAN FOYDALANISH DARAJASI.
Abstract
Hozirgi global iqtisodiy sharoitda kichik biznes subyektlari iqtisodiy o‘sish,
bandlik va innovatsiyalarni rag‘batlantirishda muhim o‘rin tutadi. Biroq ushbu
subyektlarning asosiy muammolaridan biri — qisqa muddatli moliyaviy resurslarga
bo‘lgan ehtiyojni qondirishdir. An’anaviy kreditlash mexanizmlari ko‘pincha garov
ta’minoti, yuqori foiz stavkalari va murakkab tartib-taomillar bilan bog‘liq bo‘lib,
kichik biznes uchun cheklovlar yaratadi. Shu nuqtai nazardan, faktoring xizmatlari
muqobil moliyalashtirish instrumenti sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Kichik va o‘rta biznes subyektlarini moliyalashtirishda tijorat banklari
tomonidan qo‘llanilayotgan instrumentlar tarkibida faktoring xizmatlari alohida
ahamiyat kasb etadi. Jahon amaliyotida faktoring kichik biznesning aylanma kapital
muammosini hal etuvchi asosiy mexanizmlardan biri sifatida keng qo‘llanilayotgan
bo‘lsa-da, O‘zbekiston bank amaliyotida ushbu xizmatdan foydalanish darajasi uzoq
vaqt davomida past bo‘lib kelgan. So‘nggi yillarda raqamli platformalar, elektron
hisob-faktura tizimi va savdo operatsiyalarining shaffoflashuvi natijasida faktoring
xizmatlarining amaliy qo‘llanishi sezilarli darajada faollasha boshladi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Faktoring xizmatlari bozorini jadal
rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni, 12.08.2024 yildagi PF-109-son
2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari. www.cbu.uz
3. Ye Wang, Shuang Wu, Impact of mobile banking on small business lending after
bank branch closures, Journal of Corporate Finance, Volume 87, 2024, 102593,
ISSN 0929-1199,
4. Golovanov, I. D., & Frolova, V. B. (2024). Development of risk management
approaches in factoring companies. ResearchGate.