O‘ZBEKISTONDA REVERSIV VA XALQARO FAKTORINGNI JORIY ETISH IMKONIYATLARI
Abstract
Jahon moliya tizimida faktoring operatsiyalari so‘nggi o‘n yilliklarda savdo
moliyalashtirishning muhim instrumentlaridan biriga aylandi. Xususan, reversiv
faktoring (reverse factoring) va xalqaro faktoring mexanizmlari ta’minot zanjiri
ishtirokchilarining likvidligini ta’minlash, eksport-import operatsiyalarini qo‘llab-
quvvatlash hamda kichik va o‘rta biznes subyektlarining moliyaviy barqarorligini
oshirishda samarali vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Global amaliyot shuni
ko‘rsatadiki, mazkur instrumentlar bank kreditlashiga nisbatan kamroq riskli va yuqori
operatsion samaradorlikka ega bo‘lgan muqobil moliyalashtirish shakli hisoblanadi.
O‘zbekiston iqtisodiyotida real sektorni qo‘llab-quvvatlash, eksport salohiyatini
kengaytirish va kichik hamda o‘rta biznes subyektlarini moliyaviy resurslar bilan
ta’minlash dolzarb masalalardan biridir. Ayni paytda an’anaviy kreditlash
mexanizmlarida garov ta’minoti talablari, axborot assimetriyasi va kredit rationingi
kabi cheklovlar mavjud bo‘lib, bu holat alternativ moliyalashtirish instrumentlarini
keng joriy etishni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan, reversiv faktoring va xalqaro
faktoring mexanizmlarini milliy bank tizimiga integratsiya qilish istiqbolli
yo‘nalishlardan biri sifatida baholanadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Faktoring xizmatlari bozorini jadal
rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni, 12.08.2024 yildagi PF-109-son
2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari. www.cbu.uz
3. Golovanov, I. D., & Frolova, V. B. (2024). Development of risk management
approaches in factoring companies. ResearchGate.