ADABIY ASARLARNI O’RGANISHDA BIOGRAFIK METODNING AHAMIYATI

Authors

  • Muharram Muhammadiyeva Author

Abstract

Mustaqillik  yillarida  jamiyatimizning  deyarli  barcha  jabhalarida  bo’lganidek, 
ilmu-ma’rifat  va  ma’naviyat  sohasida  ham  ulkan  o’zgarish  va  yangilanishlar  sodir 
bo’lmoqda. Jumladan, ma’naviyatimizning ajralmas bir qismi bo’lgan adabiyotimiz 
rivojiga va uning kelajagiga e’tibor va g’amxo’rlik behad kuchaytirildi. Bunday e’tibor 
natijasida adabiyotimizni chuqur o’rganish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Adabiy 
asarlarni  har  tomonlama  o’rganishda  tarixiy  va  qiyosiy  metodlar  bilan  bir  qatorda 
biografik metoddan foydalanish ham samarali usul deb o’ylaymiz.  
Bizga  ma’lumki,  yetuk  san’atkor  shaxsi  va  ijodi  ajralmasdir. 
Adabiyotshunoslikda  badiiy  ijod  namunasini  o’rganish  va  izohlashda  biografik 
unsurlardan  hatto  “biografik”  deb  atalmish  butun  boshli  ilmiy  metod  ham  ishlab 
chiqilgan.  Ammo  ba’zi  tadqiqotchilarimiz  negadir  “o’zbek  adabiyotshunosligida 
biografik metoddan foydalanish ko’nikmasi yetarlicha shakllanmagan” degan fikrni 
bildirishmoqda. Masalan, mualliflar jamoasi tomonidan yaqinda e’lon qilingan “Kiyik 
so’qmoqdagi  yo’l  ovchi”  kitobida  Muhammad  Yusuf  tarjimayi  holi,  shaxsiyati  va 
ijodiyotiga doir ko’plab qimmatli fikr va ma’lumotlar keltirilgan. Bular va umuman, 
mazkur asar shubhasiz, shoir she’riyati va iste’dodining muhim jihatlarini yoritishda 
jiddiy  ahamiyat  kasb  etadi.  Lekin  ushbu  muhim  tadqiqotda  o’zbek 
adabiyotshunosligida  “biografik  metoddan  foydalanish  ko’nikmasi  yetarlicha 
shakllanmagan”  degan  xulosa  ham  bildiriladi:  “adabiyotshunoslar  tomonidan 
yaratilgan ko’plab tadqiqotlarda izchil biografiylik yetishmaydi. Shuning uchun ham 
milliy adabiyot ilmida badiiy asarni uning muallifi hayoti bilan bog’lab tushunish va 
tushuntirish tajribasi shakllanmagan”, - deya ancha keskin xulosa bildiriladi.  

References

1 A.Qahhor 6-t. 1971.314-bet

2 Zulfiya. Asarlar. 3-j. – Toshkent: 1986. 12-bet

3 Olimjon Hamid. O’rik gullaganda. – Toshkent: 1990. 64-bet

4 Vohidov Erkin. Shoiraning hayot qushig’i. Iztirob. – Toshkent: 1992.245-bet.

5 Qozoqboy Yo’ldosh. Yo’l odami. – Toshkent: 2011.

Published

2026-05-06

How to Cite

Muharram Muhammadiyeva. (2026). ADABIY ASARLARNI O’RGANISHDA BIOGRAFIK METODNING AHAMIYATI . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 68(4), 332-335. https://journalss.org/index.php/tal/article/view/28251