BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA INGLIZ TILIDAGI HARF BIRIKMALARNI O‘YINLAR ORQALI O‘RGATISH
Keywords:
harf birikmalari, o’yin, talaffuz, o’yinli metodlar, blends, digraphs, tovush.Abstract
I. KIRISH
Bugungi kunda xorijiy tillarni o‘rganish, ayniqsa ingliz tilini bilish, yosh
avlodning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun muhim omil
hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ingliz tilini o‘rgatishda fonetik
ko‘nikmalarni shakllantirish, ya’ni tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, ularni farqlay
olish va harf birikmalarni o‘rganish juda muhimdir [1].
Harf birikmalari (digraphs va blends) ingliz tili fonetik tizimining asosiy
elementlaridan biri bo‘lib, ular o‘quvchilarga so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, yozish va
o‘qish malakasini rivojlantirishda yordam beradi. Masalan, 'sh', 'ch', 'th', 'bl', 'cl' kabi
birikmalarni o‘zlashtirish o‘quvchilarning so‘z boyligini oshiradi [2].
An’anaviy darslarda ushbu birikmalarni o‘rgatish ko‘pincha monoton mashqlar
orqali amalga oshiriladi. Bu esa o‘quvchilarda zerikish, diqqatning susayishi va
motivatsiyaning kamayishiga olib keladi. O‘yin texnologiyalarini qo‘llash esa
o‘quvchilarda qiziqish, raqobat va faollikni oshiradi [3]. O‘yinlar orqali o‘qitish
jarayonida bolalar o‘z bilimlarini mustaqil tekshiradilar, o‘zaro muloqotda bo‘ladilar
va ijobiy emotsiyalar asosida yangi materialni o‘zlashtiradilar.
Maqolaning maqsadi – boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tilidagi harf
birikmalarni o‘yin metodlari yordamida samarali o‘rgatish yo‘llarini aniqlash, tajriba
asosida ularning natijalarini tahlil qilishdir.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Patria, L. (2023). Improving Students’ Motivation in Learning Phonics through
Games. ICEL 2022.
2. Zimmermann, L. (2020). Effective Literacy Lesson: Teaching Consonant Digraphs.
IRRC Education.
3. Reading Rockets. Blending and Segmenting Games. (n.d.).
4. Demchak, A. N. (2025). Insights on Alphabet Instruction From Research. The
Reading League Journal.
5. Vaughn, S. (2021). Explicit Instruction as the Essential Tool for Effective Literacy
Programs. PMC.
6. Glickman, L. (n.d.). Overview of Consonant Digraphs. Reading Universe.
7. Smith, D. (2022). Using Games to Help Improve K–2 Students’ Phonics Skills.
Edutopia.
8. Bao, C. (2021). Research on the Application of Game Method in Children’s English
Teaching Activities.
9. ESL KidStuff. Alphabet Games and Activities for ESL Kids Lessons. (n.d.).
10. FromSoundsToSpelling. Blends and Digraphs: What Are They, and How Should
You Teach Them? (n.d.).