SHEKISPIRNING QIROL LIR TRAGEDIYASIDA INSONIY ONG VA FOJEAVIY TANLOVLAR TAHLILI

Authors

  • Komilov Shohin Sheraliyevich Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Qirol Lir, tragediya, dramatik konflikt, oilaviy ziddiyatlar, xiyonat, soxta sevgi, yovuzlik, siyosat va psixologik tahlil, ma’naviy ko‘rlik, hokimiyat, axloqiy ideallik, halollik va sadoqat.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada William Shakespearening King Lir tragediyasi 
insoniy ong, axloqiy tanlov va hokimiyat muammosi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. 
Tadqiqotda  asarning  dramatik  tuzulishi,  obrazlari  tizimi  hamda  ramziy  qatlamlari 
ilmiy-nazariy yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi. Xususan, Qirol Lir obrazining ruhiy 
evolyutsiyasi, ma’naviy ko‘rlik fenomeni va kechikkan anglash jarayoni tragediyaning 
markaziy  g‘oyaviy  omillar  sifatida  talqin  etiladi.  Maqolada  Kordeliya,  Goneril  va 
Regan  obrazlari  o‘rtasidagi  axloqiy  qarama-qarshilik  inson  tabiatining  murakkab 
psixologik  qirralarini  ochib  beruvchi  vosita  sifatida  yoritiladi.  Asar  markazida  — 
qarigan Qirol Lir turadi. U uch qizi orasida qirolligini taqsimlashga qaror qiladi va 
qaysi qizi ko‘proq sevishini so‘rab, ularning so‘zlariga qarab meros ulushini belgilaydi. 
Katta qizlar Gonoril va Regan yolg‘on maqtovlar bilan otasining e’tiborini qozonishsa, 
eng kenjasi Kordeliya — samimiy va sodda javobi uchun merosdan mahrum etiladi. 
Keyinchalik  Lir  qizlarining  asl  yuzini  ko‘rib,  xorlik  va  iztirobli  kunlarni  boshdan 
kechiradi.  O‘zining  xatosini  anglab  yetgan  qirol  ruhiy  iztiroblarga  tushib,  telbalik 
darajasigacha  yetadi.  Shuningdek,  hokimiyat  va  insoniylik  o‘rtasidagi  ziddiyatning 
falsafiy  hamda  antropologik  mohiyati tahlil  qilinadi. Asar  achchiq va  fojiali  yakun 
bilan  tugaydi.  Tadqiqot  filologiya  yo‘nalishida  tahsil  olayotgan  talabaning  nazariy 
bilimlari  hamda  badiiy  tafakkuriga  tayangan  holda  yozilgan  bo‘lib,  unda  asarning 
estetik, tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyati ochib beriladi. 

References

Foydalanilgan adabiyotlar

1. William Shakespeare. King Lear. London: Arden Shakespeare nashri.

2. Bradley, A. C. Shakespearean Tragedy. London: Macmillan.

3. Bloom, Harold. Shakespeare: The Invention of the Human. New York: Riverhead

Books.

4. Wells, Stanley. Shakespeare: A Life in Drama. Cambridge University Press.

5. William Shakespeare. King Lear. – London: Penguin Classics, 2005.

6. William Shakespeare. King Lear / Edited by R. A. Foakes. – London: Arden

Shakespeare, 1997.

7. A. C. Bradley. Shakespearean Tragedy: Lectures on Hamlet, Othello, King Lear

and Macbeth. – London: Macmillan, 1904.

8. Harold Bloom. Shakespeare: The Invention of the Human. – New York: Riverhead

Books, 1998.

9. Jan Kott. Shakespeare Our Contemporary. – London: Routledge, 1964.

10. Stephen Greenblatt. Will in the World: How Shakespeare Became Shakespeare. –

New York: W. W. Norton & Company, 2004.

11. Michael Hattaway. The Cambridge Companion to Shakespearean Tragedy. –

Cambridge: Cambridge University Press, 2002.

12. Qayumov A. Jahon adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 2004.

Published

2026-05-12

How to Cite

Komilov Shohin Sheraliyevich. (2026). SHEKISPIRNING QIROL LIR TRAGEDIYASIDA INSONIY ONG VA FOJEAVIY TANLOVLAR TAHLILI . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 69(1), 275-280. https://journalss.org/index.php/tal/article/view/29580