IJTIMOIY TARMOQ VA QISQA VIDEOLARNING O‘SMIRLAR DIQQATI HAMDA TAFAKKUR JARAYONIGA TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: ijtimoiy tarmoq, qisqa videolar, o‘smirlar psixologiyasi, diqqat, tafakkur, raqamli muhit, media madaniyat, internet qaramligi, virtual muloqot, tanqidiy fikrlash, axborot oqimi, emotsional ta’sir, psixologik rivojlanish, maktab psixologi, kommunikativ faoliyat.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlar va qisqa videokontentlarning
o‘smirlar diqqati, tafakkuri hamda psixologik rivojlanishiga ko‘rsatayotgan ta’siri
ilmiy-psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Bugungi raqamli davrda o‘smirlarning katta
qismi vaqtining asosiy qismini turli ijtimoiy platformalar va qisqa videolar tomosha
qilish bilan o‘tkazayotgani ularning diqqat barqarorligi, mustaqil fikrlashi, xotira
faoliyati va tahliliy tafakkuriga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada tezkor axborot
oqimining o‘smirlar ongiga ta’siri, diqqatning tez chalg‘ishi, uzoq muddat bir
faoliyatga jamlana olmaslik hamda virtual muhitga psixologik qaramlikning
shakllanish omillari yoritilgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan me’yorida
foydalanish, media madaniyatni rivojlantirish va o‘smirlarning sog‘lom psixologik
rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot
davomida maktab psixologi, pedagog va ota-onalarning hamkorligi o‘smirlarda
tanqidiy fikrlash, diqqatni boshqarish va axborotni ongli qabul qilish ko‘nikmalarini
rivojlantirishda muhim omil ekanligi asoslab berilgan.
References
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Karimova V.M. Psixologiya. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019.
2. G‘oziev E.G‘. Yosh davrlari psixologiyasi. – Toshkent: Universitet, 2018.
3. Nishonova Z.T. Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya. – Toshkent:
O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2017.
4. Davletshin M.G. Pedagogik psixologiya asoslari. – Toshkent: TDPU nashriyoti,
2020.
5. Vohidov M.V. Bolalar va o‘smirlar psixologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2016.
6. Musurmonova O. Oila ma’naviyati va tarbiya asoslari. – Toshkent: Fan, 2019.
7. To‘xtaboyeva M. Psixologik maslahat va profilaktika ishlari. – Toshkent:
Innovatsiya, 2021.