ALFA AVLODI O‘QUVCHILARINING KOGNITIV RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI VA ULARGA MOS PEDAGOGIK YONDASHUVLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: Alfa avlodi, raqamli aborigenlar, kognitiv rivojlanish, klipcha fikrlash, vizual tafakkur, diqqat konsentratsiyasi, geymifikatsiya, pedagogik texnologiyalar, maktab psixologiyasi.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada 2010-yildan keyin tug‘ilgan, insoniyat tarixida
butunlay raqamli muhitda shakllangan ilk avlod – Alfa avlodi (Generation Alpha)
vakillarining kognitiv, psixologik va emotsional rivojlanish qonuniyatlari tahlil
qilinadi. Gadjetlar integratsiyasi, vizual tafakkurning ustunligi, diqqat
konsentratsiyasining qisqarishi hamda raqamli konseptualizatsiya jarayonlari ilmiy
asosda yoritilgan. Maqolada an’anaviy pedagogik tizimlarning inqirozi va raqamli
dunyo bolalarining kognitiv ehtiyojlariga mos keluvchi yangi pedagogik
texnologiyalar, xususan, mikrola’lim, geymifikatsiya, vizualizatsiya va individual
ta’lim traektoriyalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan. Maktab psixologlari va
pedagoglar uchun zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqish masalalari muhokama
qilingan.
References
Adabiyotlar ro‘yxati (References)
1. McCrindle, M. (2020). *Generation Alpha: Understanding our children and
helping them thrive*. Sydney: McCrindle Research.
2. Vygotskiy, L. S. (1984). *Pedagogicheskaya psixologiya*. Moskva: Pedagogika.
3. Prensky, M. (2001). Digital Natives, Digital Immigrants Part 1. *On the Horizon*,
9(5), 1-6.
4. Umarov, B. M. (2023). *Zamonaviy maktab psixologiyasining dolzarb
muammolari*. Toshkent: O‘qituvchi.
5. Shuxratova, Z. (2025). Raqamli muhitda bolalar kognitiv sohasining
transformatsiyasi. *Pedagogika va Psixologiya Jurnali*, 3(12), 45-52.