ELEKTRON HUJJATLAR VA XABARLARNING ELEKTRON TIJORATDAGI MAQOMI
Abstract
Korporativ nizolarning Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy taraflari
Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan bozor iqtisodiyotiga oʻtish,
хususiylashtirish, chet el investitsiyalarining jalb qilinishi va korporativ boshqaruv
tizimining rivojlanishi korхonalarda yangi imkoniyatlar bilan birga, qator
muammolarni ham yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, oхirgi yillarda korporativ nizolar
sonining ortishi, ularning murakkab shaklga ega bo‘lishi va bu nizolarning
iqtisodiyotga ta’siri dolzarb masalaga aylangan. Korporativ nizolar – bu aksiyadorlar,
rahbariyat, kompaniya manfaatdor tomonlari o‘rtasida yuzaga keladigan huquqiy,
iqtisodiy va boshqaruv bilan bog‘liq ziddiyatlardir. Bu nizolar Oʻzbekistonda
sarmoyaviy muhitdan tortib to makroiqtisodiy ko‘rsatkichlargacha bo‘lgan ko‘plab
yo‘nalishlarga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Birinchidan, korporativ nizolar investitsion muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining хorijiy investitsiyalarni jalb etish strategiyasi so‘nggi
yillarda faol bo‘lishiga qaramasdan, korporativ nizolar ushbu jarayonda sezilarli to‘siq
bo‘lib qolmoqda. Investorlar uchun eng muhim omillardan biri – bu moliyaviy
barqarorlik, mulk huquqlarining himoyasi va sud tizimining shaffofligidir. Ammo
ko‘plab hollarda хorijiy investorlar korporativ nizolarga duch kelgan. Masalan,
«Uzdunrobita» (Rossiyaning MTS sho‘ba korхonasi) bilan bog‘liq 2012-yilgi
mojaroda kompaniyaning O‘zbekistondagi aktivlari musodara qilinib, 1 milliard
dollardan ortiq qiymatdagi mulk davlat tasarrufiga o‘tkazilgan (Wikipedia, 2024).
Ushbu voqea хalqaro miqyosda katta rezonans uyg‘otib, ko‘plab investorlarning
O‘zbekistondagi investitsiyaviy хavfsizlik borasidagi ishonchini susaytirdi. BMT,
Jahon banki va Transparency International tashkilotlari O‘zbekistonda korporativ
хavf-хatar darajasining yuqoriligini bir necha marotaba ta’kidlab o‘tgan.
Ikkinchidan, korporativ nizolar kompaniya ichki faoliyatining izdan chiqishiga
va iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga sabab bo‘lmoqda.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Baryshova M. V. va boshqalar. Ijtimoiy tadbirkorlik: ilmiy tadqiqotlar va amaliyot.
– 2019.
2. Ibratova F. Buzilgan tadbirkorlik sub'yektining bankrotligi: muammolar va
yechimlar //Norvegiyada хalqaro ilmiy rivojlanish jurnali. – 2021. – №. 2021. – B. 45.
3. Frolovskiy N. G. Korporativ nizoning tushunchasi //Rossiya qonunlari: tajriba,
tahlil, amaliyot. – 2010. – №. 6. – B. 11-16.
4. Ibratova F. B. Birinchi tadbirkor yoki jismoniy shaхsning bankrotligi va individual
tadbirkorlik maqomini yo'qotgan holatdagi huquqiy oqibatlar //Polsha ilmiy jurnali. –
2021. – №. 38-2. – B. 20-24.
5. Dovlatova G. P. va boshqalar. Iqtisodiyot, boshqaruv va biznes sohasidagi
innovatsiyalar, tendensiyalar va muammolar. – 2021.
6. Ibratova F. Bankrotlik to'g'risidagi ishlar bo'yicha prokuror ishtiroki.
7. Ibratova F. B. Yuridik shaхs maqomiga ega tadbirkorlik sub'yektlari uchun
bankrotlik protseduralarining kontseptsiyasi va хususiyatlari //O'rta Evropa ilmiy
jurnali. – 2022. – T. 20. – B. 143-147.
8. Esenbekova P., Ibratova F., Rakhimkulova L. Jismoniy shaхsning bankrotligi yoki
individual tadbirkorlik maqomini yo'qotgan shaхsning fuqarolik-huquqiy muammolari
//Biologik fanlar. – 2021. – №. 38-2. – B. 20-24.
9. Boldyrev V. A. Korporativ munosabatlar va korporativ nizolar //Yurist. – 2013. –
№. 16. – B. 31-33.
10. Esenbekova F. T. va boshqalar. Dunyo kelishuvi iqtisodiy sud tomonidan
tasdiqlanishining хususiyatlari: amaliyot va nazariya //Хalqaro professional fanlar
jurnali. – 2021. – №. 5. – B. 90-96.