OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIKDA BOLALARNING EMOTSIONAL SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLASH
Keywords:
Kalit so‘zlar: emotsional salomatlik, maktab psixologi, ota-onalar bilan hamkorlik, bola rivojlanishi, oila, psixologik qo‘llab-quvvatlash, emotsional barqarorlik, psixoprofilaktika.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada maktab psixologi va ota-onalar o‘rtasidagi
hamkorlikning bolalar emotsional salomatligini mustahkamlashdagi ahamiyati
yoritilgan. Bolaning emotsional rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan,
oila muhiti, maktab sharoiti va ijtimoiy munosabatlarning o‘rni tahlil qilingan.
Emotsional salomatlik tushunchasining nazariy asoslari L.S. Vыgotskiy, E. Erikson va
J. Boulbi nazariyalari asosida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, zamonaviy bolalar orasida
uchrayotgan tashvish, depressiya, tajovuzkorlik va muloqot muammolarining
dolzarbligi asoslab berilgan. Maqolada maktab psixologining ota-onalar bilan
hamkorlik qilish shakllari, jumladan individual maslahatlar, guruhli treninglar, oilaviy
mashg‘ulotlar hamda onlayn platformalar orqali axborot almashish usullari
tavsiflangan. Bolalarning emotsional barqarorligini ta’minlash maqsadida ota-onalar
va psixologlar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari maktab va
oilaning uzviy hamkorligi bolaning ruhiy farovonligi, ijtimoiy moslashuvi va shaxsiy
rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Vygotskiy L.S. Detskaya psixologiya. — Moskva: Pedagogika, 1984.
2. Erikson E. Detstvo i obshchestvo. — Sankt-Peterburg: Rech, 2000.
3. Bowlby J. Attachment and Loss. — New York: Basic Books, 1969.
4. Goleman D. Emotional Intelligence. — New York: Bantam Books, 1995.
5. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti. Ruhiy salomatlik: tushunchalar va ta'riflar. —
Jeneva: JSST, 2020.
6. Xasanov A.A., Nazarova G.R. Maktab psixologining oila bilan ishlash uslublari.
— Toshkent: O'qituvchi, 2019.