SMART DENTAL AI: STOMATOLOGIYADA RAQAMLI SKRINING VA DASTLABKI DIAGNOSTIKA PLATFORMASINING ILMIY-AMALIY ASOSLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: stomatologiya, sun’iy intellekt, raqamli skrining, profilaktika, og‘iz gigiyenasi, karies, teledentistry.Abstract
Annotatsiya
Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolaridan
biri bo‘lib, ular global miqyosda katta epidemiologik yukni tashkil etadi. Jahon
sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari dunyo
bo‘yicha qariyb 3,7 milliard odamga ta’sir qiladi, davolanmagan doimiy tish kariesi
esa eng ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri hisoblanadi. Shu sababli stomatologiyada
erta skrining, profilaktika va aholi o‘rtasida gigiyenik savodxonlikni oshirish muhim
ahamiyat kasb etadi. Raqamli texnologiyalar, xususan sun’iy intellektga asoslangan
platformalar bu yo‘nalishda samarali vosita bo‘lishi mumkin.
Mazkur maqolada “Smart Dental AI” loyihasining ilmiy-amaliy asoslari va
foydalanuvchi so‘rovnomasi natijalari tahlil qilindi. Tadqiqotda sotsiologik usul
(anketa-so‘rovnoma), statistik tahlil, analitik usul, taqqoslash va raqamli
modellashtirish usullari qo‘llanildi. So‘rovnoma natijalari og‘iz gigiyenasi bo‘yicha
xulq-atvor, stomatologik yordamdan foydalanish darajasi hamda profilaktik
ehtiyojlarni baholash imkonini berdi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1.World Health Organization. (2022). Oral health.
https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/oral-health
2. World Health Organization. (2022). Global oral health status report:
Towards universal health coverage for oral health by 2030.
https://www.who.int/publications/i/item/9789240061484
3. World Health Organization. (2021). Oral diseases.
https://www.who.int/health-topics/oral-health
4. World Health Organization. (2020). Prevention of oral diseases.