ABUL YUSR AL PAZDAVIYNING ILMIY MEROSI VA MOTURIDIYLIK MAKTABIDAGI O‘RNI
Keywords:
Kalit soʻzlar: kalom ilmi, aqoid, moturidiya, Abul-Yusr Pazdaviy, Abu Mansur Moturidiy, hanafiy mazhabi, Movarounnahr, ashʼariya, Abul-Muin Nasafiy.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada islom ilohiyotining muhim tarmogʻi boʻlmish
kalom ilmining paydo boʻlishi, rivojlanishi va Movarounnahrda shakllanishi tarixiy-
ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Maqolada aqoid (kalom) ilmining VIII asrda
mustaqil fan sifatida vujudga kelgani, uning turli nomlar bilan atalishi va toʻrtta asosiy
tasnifga — ilohiyot, nubuvvat, kavniyot va samʼiyotga boʻlinishi haqida maʼlumot
berilgan.
Muallif Movarounnahrda hanafiy mazhabining tarqalishi va kalom ilmining
rivojlanishida Abu Mansur Moturidiyning (v. 333/944) tutgan markaziy oʻrnini yoritib
bergan. Olmon tadqiqotchisi Ulrix Rudolfning moturidiya taʼimoti rivojlanishini uch
bosqichga ajratgan nazariyasi tanqidiy tahlil qilinib, mahalliy tadqiqotchi S.Oqilovning
mulohazalari bilan boyitilgan.
Maqolaning asosiy eʼtiboro XI asr oxirida Nasaf vohasidan yetishib chiqqan uch
buyuk alloma Sadrul-islom Abul-Yusr Muhammad ibn Muhammad Pazdaviy, uning
akasi Faxrul-islom Abul-Hasan Ali ibn Muhammad Pazdaviy va Abul-Muin
Nasafiylarning moturidiya taʼimotining Samarqandda mustahkamlanishidagi
birgalikdagi ilmiy faoliyatiga qaratilgan. Xulosada moturidiya taʼimotining hanafiya
maktabi anʼanalari zaminida oʻziga xos kalom maktabi sifatida shakllanishi va
takomillashuvi umumlashtirilgan.
References
Foydalanilgan adbiyotlar ruyxati
1. Alimov U. IX–XI asrlarda Samarqandda kalom ilmining rivojlanishi. –
Toshkent: Movarounnahr nashriyoti, 2008. – 71, 73-b.
2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Sunniy aqidalar. – Toshkent:
Movarounnahr, 2005. – 8, 66-b.
3. Shayx Abdulaziz Mansur. Aqoid matnlari. – Toshkent: Toshkent islom
universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi, 2006. – 6-b.
4. Bobomurod Hoji Ahmadjon. Sof islomiy aqida. – Toshkent:
Movarounnahr nashriyoti, 2005. – 24-b.
5. Rudolf U. Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti. – Toshkent: Imom
Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi, 2002. – 147-b.
6. Abul-Yusr Pazdaviy. Usul ad-din. – Qohira: Dor ihyo-l-kutub-l-arabiya,
1963. – 14-b.
7. Oqilov S. Abu Mansur al-Moturidiy ilmiy merosi va moturidiya taʼimoti.
– Toshkent: Hilol-Nashr, 2017. – 112-b.